«Onamning yonlarida bölişni istadim...»
Aşurmatovning aytişiça, Qöqonga qaytganining ikkita sababi bor: «Men Qöqon futboli tarbiyalanuvçisiman. Şu bois hozir bu yerdaligimdan xursandman. Avvalo Qöqon futboli oldidagi qarzimizni uzişim kerak edi. Bundan taşqari, 26 yildan buyon onamdan uzoqda yaşadim. Şu bois endi yonlarida bölişni xohladim. Bundan juda xursandman».
«Titul uçun baquvvat homiy kerak»
Baxtiyor Aşurmatovning aytişiça, klub sovrin qölga kiritişi uçun avvalo baquvvat homiy va pul kerak: «Klub sovrin yutişi uçun avvalo baquvvat homiy kerak. Klub mablağ borasida heç bölmasa ligadagi 6-7 jamoa içiga kirişi lozim. Masalan, OKMK bilan kubok yutganimiz katta natija bölgan. «Andijon», «Navbahor», «Buxoro»da esa qiyinroq holatda işlaganmiz. Menga qolsa, bir klubda uzoqroq işlagan bölardim, çunki daraxt bir joyda kökaradi. Aytaylik, Olmaliqda yaxşi jamoa tuzgandik, Özbekiston Kubogini yutdik, lekin keyin menga boğliq bölmagan sabab bilan jamoadan ketdim».

«Qöqondan heç qanaqa pul evaziga ketmayman, faqat milliy jamoaga ketişim mumkin»
Baxtiyor Aşurmatov suhbat davomida bizni ajablantirgan ma'lumotlarni keltirdi. Uning aytişiça, oylik maoşi 1000 dollar ekan. Mukofot va kötarma pullarisiz, albatta. Şuningdek, murabbiy uni Qöqondan heç qanday pul evaziga olib ketib bölmasligini aytdi. Aşurmatovning aytişiça, faqat Özbekiston milliy jamoasiga yoki çet el klublariga ketişi mumkin.
Aşurmatov va totalizator
Baxtiyor Aşurmatovning totalizatorga aralaşgani haqida miş-mişlar doim bölgan. Suhbatdoşimiz bu boradagi savolga şunday javob berdi: «Totalizator futbolimizning duşmanlaridan biri. Hozir öz yölimni tanlab, qilgan xatolarimdan töğri xulosa çiqarganman. Yoruğ yuz bilan işlayapman. Hamma xato qiladi, asosiysi, odam özini töğri yölga solib olişi. Futbolimizda totalizator bor ekan, u rivojlanmay qolaveradi. Men totalizatorga qarşi kuraşişga ham tayyorman».
Maydondagi jangçi Aşurmatov

















