Baxtiyor Aşurmatov «Qöqon-1912» jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
U bu lavozimda yakunlangan mavsum örtasida vaqtinça boş murabbiy etib tayinlangan Aziz Töxtaboyev örnida iş boşlaydi.
«Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorlanişni maqsad qilgan «Qöqon-1912» jamoasiga bugun yangi boş murabbiy tayinlandi. Jamoa rahbariyati özaro muzokaralardan söng yana bir Qöqon farzandi, özbek futbolining yaqin ötmişdagi yorqin yulduzlaridan biri Baxtiyor A'zamoviç Aşurmatovni «Qöqon-1912» jamoasi boş murabbiyi etib tayinladi», deyiladi xabarda.
Bugun jamoa ofisida «Qöqon-1912» klubi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov hamda Baxtiyor Aşurmatov özaro şartnomaga imzo çekkan.

Eslatib ötamiz, Baxtiyor Aşurmatov 2018 yil yozida Olmaliqning OKMK klubiga boş murabbiy bölgan va klubni Özbekiston kubogi ğolibligi sari boşlab borgan edi. Şundan söng ötgan yil dekabrida «Buxoro» boş murabbiyi qilib tayinlangan va iyul oyi boşida qoniqarsiz natijalar tufayli işdan böşatilgan edi.
Keyinroq, 2019 yil iyunida «Surxon» boş murabbiyi etib tayinlangan uşbu mutaxassis bir oy işlamasdan iste'foga çiqarilgandi.

















