«Muxlislarimiz natija talab qilişga haqli» – Baxtiyor Aşurmatov Qöqonda qanday jamoa şakllantirdi?
|21:17 / 28.02.202016 12010 min
«Qöqon-1912» futbol klubidagi söngi yangiliklar bilan tanişib, boşlanayotgan Superliga bahslariga tayyorgarlik böyiça ma'lumot oliş uçun qadim Qöqon şahriga bordik.
Klub boş murabbiyi, yetakçi futbolçilari mavsum oldidan öz fikrlarini aytişdi. Jamoa Superliga bahslariga asosan Toşkentda tayyorgarlik kördi. Bizga ma'lum qilişlariça, klubning iqtisodiy holati barqaror.
«Qöqon 1912» klubi boş murabbiyi biz bilan suhbatda jamoadagi Superliga bahslariga tayyorgarlik, mavsum oldi öquv-yiğin maşğulotlari jarayoni, seleksiya işlari, klubdagi şu kundagi iqtisodiy holati haqida gapirib berdi.
«Avvalo, muxlislarimizni yangi mavsum boşlanayotgani bilan tabriklayman. Ular 2-3 oy davomida katta futbolsiz qolişdi va bu yilgi mavsumni juda katta iştiyoq, juda katta niyatlar bilan kutişyapti.
«Qöqon-1912» jamoasini dekabr oyida qabul qilib oldim va birinçi yiğinimiz Qöqon şahrida ötkazildi. 20 dekabrdan 27 dekabrgaça şuğullandik. Bu yerda biz ta'tildan qaytgan futbolçilarning jismoniy holatini yaxşilaş uçun tiklaniş maşqlarini bajardik. Undan keyingi bosqiçlarini Toşkent şahrida ötkazdik. U yerda örtoqlik-nazorat uçraşuvlarida yaxşi jamoalar bilan kuç sinaşiş imkoni bor edi va biz bundan unumli foydalanişga harakat qildik.
An'anaviy Farğona viloyati hokimi kubogida qatnaşdik. Töğri, u yerda biz 1-örinni kölga kirita olmadik. Lekin, bu turnir biz uçun foydali böldi. Sababi raqiblarimiz Pro-liga jamoalari bölişiga qaramasdan, bizning jamoaga munosib qarşilik körsatişdi va bizda özimizga kerakli bölgan jihatlarni körib oliş imkoniyati böldi.
Biz tayyorgarlikning keyingi asosiy bosqiçini yana Toşkentga köçirdik va u yerda bir neçta örtoqlik uçraşuvlarida maydonga çiqdik. Bu uçraşuvlar orasida eng foydalisi, deb «Lokomotiv» bilan bölgan öyinni aytib ötgan bölardim.
Öylaymanki, tayyorgarlik jarayoni yaxşi saviyada ötdi. Rahbarlarimiz bizga yaxşi tayyorgarlik köriş uçun qulay şaroitlar yaratib berişdi va jamoa nomidan ularga minnatdorçilik bildiraman.
Mavzuga oid
Murabbiy har doim tarkib kuçliroq bölişini, muxlislarga yoqadigan tarkib yiğişni va yaxşi natija körsatişni xohlaydi. Bizda ötgan yilgi tarkibdan Jasur Hasanov Buxoroga ötdi, Temur Hakimov, Temur Usmonov, Şahboz Erkinov, Alişer Samatov va himoyaçi Marko Miliçlar jamoadan ketişdi.
Biz ularning örnini munosib töldiriş uçun jamoamizga bir qator öyinçilarni taklif qildik. Bu yilgi mavsumni darvozada Botirali Ergaşev ötkazadi. U ham iqtidorli darvozabonlardan biridir.
Himoya çiziğini kuçaytiriş maqsadida Serbiyadan legioner Ivan Yosoviç va iqtidorli futbolçilarimizdan Bobir Akbarovlarni taklif qildik.
Yarim himoyaga esa Suhrob Nurillayev va Sardor Azimovlar keldi. Uşbu pozitsiya Kotʼd-ivuarlik öyinçi Yakudi Bamba ham bor. Bambaning jismoniy holati hozir 90 daqiqa öynaşga tayyor emas, lekin uning yuqori texnikaga egaligi, ajoyib paslari borligi körinib turibdi.
Hujum çiziğida Şohnazar Norbekov öynaydi. Yana bir hujumçi Muzaffar Muzaffarovni muxlislar yaxşi bilişadi.
Jamoamizdan 10 nafarga yaqin futbolçi ketdi. Şunga yaqin yangi öyinçilar jamoaga taklif qilindi. Men murabbiy sifatida buni normal holat, normal jarayon deb hisoblamayman. Çunki har yilgi mavsumda 10-12 nafar futbolçi almaştirilsa, jamoani boşqatdan mavsumga tayyorlaşga töğri keladi. Öyin uslubini ham özgartiriş kerak böladi. Afsuski, hozir bizdagi ayrim jamoalarda vaziyat şunaqa.
Seleksiya jarayonida örinbosarlar tarkibiga ham e'tibor qaratildi. Tumanlardan va Qöqon şahri atrofida yaşovçi yoş futbolçilar örtasida turnir taşkil qildik. Örinbosarlar tarkibiga iqtidorli öyinçilardan olindi.
Jamoaning yetakçi öyinçilari sanaladigan Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Röziyev, Aleksandr Merzlyakov va Suhrob Berdiyevlarni saqlab qolişga harakat qildik. Bu futbolçilarga ham takliflar bor edi.
Men özim işlagan har bir jamoamda klubning moliyaviy imkoniyatidan kelib çiqib jamoa tuzişga harakat qilaman. Şuningdek, yaxşi jamoa tuzişim kerak deb, qimmatbaho öyinçilarni taklif qilib olib, ertaga klubni qiyin ahvolda qoldirişga, mavsum tugagandan keyin futbolçilar pulimizni ololmadik, deb klubga qarşi xat yozişlariga sababçi bölişga qarşiman. Men doim rahbariyat bilan maslahatlaşgan holda seleksiya jarayonini olib boraman.
Suhbatimiz boşida ham aytib ötdim, rahbariyatimiz biz uçun imkoniyat yaratib bermoqda. Tayyorgarlik davri yoki futbolçilarni jamoaga jalb qiliş jarayonida kamçiliklar bölgani yöq. Şu sababli rahbariyatimizga minnatdorçilik bildiraman.
Aytaylik, mana «Navbahor», OKMK va «Surxon» jamoalari juda katta seleksiya qilyapti. Yaxşi şartnomalar taklif qilyapti. Biz ham imkoniyatimizdan kelib çiqib, seleksiya jarayonini yaxşi olib borişga harakat qildik. Lekin biz bu yilgi mavsumda şuni isbotlamoqçimizki, har doim ham moliyaviy imkoniyat birinçi örinda turmaydi. Ahil jamoa tuzilsa, jamoa şa'ni uçun kuraşadigan yigitlar bölsa, moliyaviy tomondan baquvvatroq bölgan jamoalarga ham yaxşi qarşilik körsatiş mumkin.
Şuni aytib ötişim lozimki, klubning moliyaviy imkoniyati barqaror holda.
Muxlislar har doim jamoaning yaxşi saviyada töp surişini, xalqaro arenalarda öynaşini xohlaşadi. Murabbiyning yutuği seleksiya jarayoniga boğliq. Agar uning ixtiyorida yuqori saviyadagi futbolçilar köproq bölsa, yuqori örinlar uçun kuraşiş imkoniyati ham köproq böladi.
Şuni aytişim mumkinki, bu yil muxlislarimiz bizdan yuqori natijalarni talab qilişga haqlilar. Eng asosiysi, biz jangovar va raqobatbardoş jamoa tuzmoqçimiz. Oxirgi yillarda mehmon jamoalar ham bemalol boşini tik kötarib kelyapti, Qöqondan oçko olib ketyapti. Şunga barham bermoqçimiz», deydi Baxtiyor Aşurmatov.
– Baxtiyor Aşurmatov uzoq yillik tajribaga ega murabbiy. Lekin juda ham köp jamoa özgartiradi.
– Bunga ma'lum sabablar bor. Aytaylik, OKMKda biz Özbekiston kubogini qölga kiritdik. Özimga ma'lum bölgan sabablarga köra, u yerda murabbiyni özgartiriş haqida qaror qabul qilişdi. Osiyo Çempionlar ligasida munosib jamoa qiliş, mahoratliroq murabbiyni taklif etiş fikrini ilgari surişdi. Bu – rahbariyatning qarori.
Undan keyin «Buxoro»ga ötdim. U yerda ham katta işonç bildirişdi. Vaziyat juda oğir edi. Çunki jamoadan 17 nafar öyinçi ketib qolgandi. Lekin şunga qaramasdan, biz katta hajmdagi işni bajardik. Yomon jamoa tuzmadik. Biroq u yerda, gapning oçiği, jamoa tuzganimizdan keyin ayrim nohaqliklarga duç kelganligim sababli, klubdan ketişga qaror qildim.
«Surxon» jamoasida ham bir oy işladim. «Surxon»da bir oy davomida heç qaysi murabbiyning natija körsatişi oson iş emas. Men 2ta öyinda boş murabbiy vazifasini bajardim xolos. U yerda ham sabablari böldi va jamoadan ketişga qaror qildim.
Qöqondan taklif böldi. Bu mening murabbiylik faoliyatimda buriliş yasaydigan jamoa, deb öylayman. Çunki boşqa jamoalarda nohaqliklarni körib, ketişni ma'qul körgan bölsam, Qöqon – özimning şahrim. Öylaymanki, jamoamiz rahbariyati ham, muxlislarimiz ham menga işonişyapti. Katta natijalar istaşyapti. Qöqonda raqobatbardoş, yuqori örinlar uçun kuraşadigan jamoa tuzmagunça ketiş niyatim yöq», deydi u.
Murodjon Xolmuhammedov (himoyaçi):
– Jamoamiz 2020 yil çempionatiga yaxşi tayyorgarlik kördi. Yaxşi yiğinlar ötkazdik. «Qöqon-1912» çempionatga yuz foiz tayyor, deb hisoblayman.
Muxlislar kutgan öyinni körsatiş uçun 2020 yilda borimizni berib, maydonga tuşib, oldingi yillardan ham köproq xursand qilamiz, yaxşi natijalarni qölga kiritamiz. Jamoamiz ahil-inoq. Birinçi örinda jamoamizga katta e'tibor beramiz. Bu yil ham yomon jamoa yiğilmadi. Yangi öyinçilar bilan çiqişib ketiş qiyin bölmadi.
Ivan Yosoviç (himoyaçi, Serbiya):
– Özbekistonga kelib, muxlislari köp jamoada töp surayotganimdan xursandman. Qöqon ajoyib şahar ekan. Yuz foiz bor mahoratimni berib öynaşim zarurligini his qildim. Mana şu jamoa bilan ğalabalar sari intilamiz.
MÇJ şaklidagi «Sodiq muxlislar» klubi
Bir asrlik tarixga ega klubning muxlislari alohida mavzu. Ular jipslaşib, «Sodiq muxlislar klubi» deya nomlangan MÇJ ham oçişgani diqqatga sazovor.
Oçiliş marosimiga turli yangiliklar, ommaviy tadbirlar rejalaştirişgan. Ular bilan «Qöqon-1912» markaziy stadionida uçraşdik. Tayyorgarlik avjida ekan.
«Yangi mavsumda muxlislik madaniyati böyiça ham alohida dastur işlab çiqqanmiz. Aytib ötay, Özbekistonda yagona «Sodiq muxlislar» MÇJ oçganmiz. Özbek futbolining vatani bu – Qöqon.
Özbekiston terma jamoasida birinçi golni urgan öyinçi qöqonlik Rustam Abdullayev. Jahon çempionati saralaş uçraşuvidagi birinçi golni urgan ham qöqonlik Nö'mon Hasanov.
Bu yil jamoamiz ijrosida çiroyli, mazmunli öyinlar tomoşa qilişga işonib turibmiz. Nasib qilsa, mavsumning oçiliş öyini – «Qöqon-1912» va «Buxoro» uçraşuvida ajoyib atmosferani taşkil qilamiz. Butun stadion böylab tomoşabinlardan mozaika taşkil qilamiz. Orkestr madhiyamiz kuyini jonli ravişda ijro etadi, muxlislar esa kuylaydi. Albatta, kelinglar, köringlar va zör manzaraning guvohi bölinglar», – deydi «Sodiq muxlislar klubi» jamiyati rahbari, muxlislar yetakçisi Ölmasbek Sayfuddinov.