Yodingizda bölsa, bir avval Şahzoda va Şohruxxonning “Şoşma” nomli duet taronasi e'tiboringizga havola etilgandi. Xonandalarning biralikdagi ijod jarayonlari samarasi yana bir yangi — “Allo” nomli duet qöşiq yaratildi. Qöşiq sözi Şahboz va Şohruxxonga tegişli bölib, musiqasini ham Şohruxxonning özi yaratgan. Jasur Badalboyev aranjirovkasi bilan yaratilgan mazkur qöşiqqa ayni damda Yodgor Nosirov tomonidan klip suratga oliş işlari ham boşlab yuborildi.
Klip ğoyasi mualliflari Jamşid Xojiniyozov hamda Şohruxxon. Ğoyasi esa hozirça sir. Aniqroği, bu haqda bir oz keyinroq videolavhalar orqali töxtalib ötamiz.






