Toşkent viloyati Olmaliq şahrida qurilayotgan 9 qavatli uyning sifati tanqid qilingan video ortidan quriliş-montaj işlari töxtatilgan. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi xabar berişiça, qurilişda bir qator qoidabuzarlik va sifatsiz bajarilgan işlar aniqlandi.

Binoni qurişda «Zilzilaviy hududlarda quriliş» me’yor talablari buzilgan. Kotlovan tayyorgarligi töğrisida geolog dalolatnomasi va zamin tuproq qatlami ziçligi böyiça laboratoriya xulosalari töliq rasmiylaştirilmagan.

Obektning barça qavatlarini kötarişda monolit-beton kontruksiyalarning mustahkamligi böyiça laboratoriya sinovlarining xulosalari olinmagan. Şuningdek, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan.

Bundan taşqari, xavfsizlik lentalari tortilmay turib, opalubka montaj işlari bajarilgan. Opalubka montaj işlarida loyihadan çetga çiqilgan.

Qurilişning belgilangan ijro hujjatlari, xususan, qoidaga köra qurilişi böyiça ijro sxemalar, işlatilgan quriliş materiallarining sifatini tasdiqlovçi pasport va sertifikatlar, yopiq işlar dalolatnomalari töliq rasmiylaştirilmagan.

«Bugungi kunda quriliş montaj işlari vaqtinça töxtatilganini ma’lum qilamiz. Yuqorida körsatib ötilgan qoidabuzarliklarni loyiha va quriliş me’yorlari talablari asosida bartaraf etilişi yuzasidan texnik nazoratçi hamda pudratçi mas’ullariga tegişli körsatmalar berilgan», deyiladi xabarda.

Pudrat taşkiloti rahbari Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 99-moddasiga asosan (Şaharsozlik töğrisidagi qonunçilikni buziş) jarimaga tortilgan. Kodeksda bunga BHMning 5−10 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 10−20 baravarigaça miqdorda jarima soliş belgilangan.