Navoiy viloyatining Nurota tumanida boğça bolalari iştirokida YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Kun.uz’ning aniqlik kiritişiça, YTH 5 may kuni ertalab sodir bölgan. Tumandagi oilaviy boğçalardan birining rahbari bölgan 34 yoşli ayol 13 nafar tarbiyalanuvçi va özining 3 oylik çaqaloğini Matiz maşinasiga mindirib taşigan.

Ayol bolalarni yaşaş xonadonlaridan boğçaga olib ketayotgan bölgan. U harakat paytida boşqaruvni yöqotgan va maşina yöldan çiqib ketib, ağdarilgan. YTH oqibatida ayol vafot etgan, bolalar esa turli darajada tan jarohatlari olgan. Ayni vaqtda bir bola koma holatida, 8 nafari esa viloyat markazidagi şifoxonaga olib ketilgani aytilmoqda.

Manbaga köra, er-xotin haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda yillar davomida maşina boşqarib kelgan. Ya’ni bolalar doimiy ravişda şu holda uydan boğçaga va boğçadan uyga taşilgan. Hatto ota-onalar ham bunga e’tiroz bildirmagan.


Bu Navoiyda haydovçilik guvohnomasi bölmagan şaxs bolalarni maşinada taşişi bilan boğliq ilk holat emas: avvalroq haydovçilik guvohnomasi ham, avtomobilni boşqariş huquqi ham bölmagan şaxs mast holda 23 nafar bolani Damas’da taşigani aniqlangandi.

Köza kunda emas, kunida sinadi. Boğçalar bolalar hayoti bilan öynaşmoqda