O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarori imzolandi. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida nishonlanadi.

«Ezgulik, saxovat va muruvvat oyi bo‘lgan muborak Ramazon oyi bu yil mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli uyda, oila davrasida, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitida munosib o‘tkazilmoqda. El-yurtimiz turli sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va qudratli bo‘lib o‘tgan holda, muqaddas Ramazon hayitini ertangi kunga katta ishonch va xursandchilik bilan kutib olmoqda.
Ushbu ulug‘ ayyomning xalqimiz ma'naviy hayotida tutgan o‘rni, uning jamiyatimizda saxiylik, shukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi ahamiyatini inobatga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020 yil 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlansin», deyiladi qaror matnida.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12 / 07.03.2025
Tramp vakillari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan yashirincha uchrashgan
Jahon | 15:30 / 07.03.2025
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston | 14:01 / 06.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mark Karni Kanadaning yangi bosh vaziri bo‘ladi
Jahon | 09:42
-
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi
O‘zbekiston | 09:21
-
Germaniya Tramp F-35 samolyotlarini «o‘chirib qo‘yishi» mumkinligidan xavotirda
Jahon | 08:58
-
Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi
O‘zbekiston | 08:46
Mavzuga oid

19:36 / 27.02.2025
Ramazon oyining boshlanishi 1 martga to‘g‘ri keladi

13:15 / 28.04.2022
O‘zbekistonda Ramazon hayitining ilk kunini aniqlash maqsadida Shavvol hiloli kuzatilmoqda

19:00 / 26.04.2022
Prezident o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kun dam olishi haqida gapirdi

06:31 / 13.05.2021