Qashqadaryoda tez harakatlangan “Damas” urib yuborgan 1-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
O‘quvchi maktabdan qaytayotib piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganda katta tezlikda harakatlanib kelgan “Damas” mashinasi urib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi qamoqqa olingan.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Damas” urib yuborgan 1-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Shahrisabz shahridagi 11-maktabning 1-"B" sinf o‘quvchisi O. I. 2024 yil 19 aprel kuni maktabga kelgan hamda darslarga to‘liq qatnashgan. Soat 12:35 larda o‘quvchi uyi yonidagi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganda yuqori tezlikda kelayotgan “Damas” mashinasi urib yuborgan.
O‘quvchi zudlik bilan Shahrisabz shahar shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan u vafot etgan.
Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi protsessual tarzda qamoqqa olingan.
Avvalroq, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangan “Lasetti” ikki nafar maktab o‘quvchisini urib yuborgandi.
P.S. So‘nggi paytlarda Qashqadaryo viloyati IIB va YHXB axborot xizmatlari viloyat hududida sodir bo‘lgan o‘lim bilan bog‘liq YTHlar haqida umuman ma’lumot bermasdan, ularni yashirib kelyapti. Avvalroq, Dehqonobod tumanida sodir bo‘lgan odam o‘limi bilan bog‘liq YTH haqida ham Qashqadaryo emas, Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati (!) xabar bergandi. Shahrisabzda sodir bo‘lgan hodisa haqida ham viloyat IIB va YHXB emas, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar bermoqda.
Mavzuga oid
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
09:05 / 07.11.2024
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi
12:10 / 24.10.2024
O‘quvchilar ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasligi aytildi
13:17 / 20.10.2024