Ertaga, 17 yanvar kuni Osiyo Kubogida guruh bosqiçi yakuniga yetadi. Muddatidan oldin pley-off yöllanmasini qölga kiritgan Özbekiston terma jamoasi sönggi turda «F» guruhidan nimçorak finalga çiqqan yana bir jamoa – Yaponiyaga qarşi bahs olib boradi.

16 yanvar kuni Al-Ayndagi «Xalifa bin Zayd» sport majmuasida öyinoldi rasmiy tadbirlari bölib ötdi. Dastlab uçraşuv rasmiylari iştirokida ötgan mitingda ma'lum böldiki, ertangi bahsda Özbekiston oq, Yaponiya kök rangli libosda töp suradi. Şundan söng matbuot anjumanining dastlabki qismi Yaponiya termasi boş murabbiyi Hadzime Moriyasu va yarimhimoyaçi Toşihiro Aoyama iştirokida ötdi. Unda yaponlar ustozi nimçorak finalda Avstraliyaga töqnaş kelişni istamasligi, şu bois öyinda ğolib çiqib, guruh peşqadami böliş niyatida ekanini qayd etdi. JÇ-2018dan keyin Yaponiya termasi boşqaruviga kelgan murabbiy, şuningdek, Osiyo Kubogidagi 7ta öyin yordamida jamoasi öyinini takomillaştirib olişni ham maqsad qilganini qöşimça qildi.
Şundan söng Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper va yarimhimoyaçi Javohir Sidiqov jurnalistlar savollariga javob berdi. Kuper öz sözida minimum vazifa uddalab bölinganidan kelib çiqib, pley-off bosqiçi haqida hozirdan öylay boşlagani, şu boisdan jarohatlardan ehtiyot bölişga urinişiga urğu berdi. U Misr terma jamoasi boş murabbiyi sifatida Afrika Kubogiga borgan vaqtida jarohatlar bilan boğliq tajribasidan saboq çiqarganini ta'kidladi. Şu bilan birga, Kuper pley-offning ilk raundidayoq Avstraliya duç kelişi mumkinligiga ahamiyat qaratmayotganini aytdi va raqib tanlamasligini yana bir bor takrorladi.
Kuper qayd etganidek, Özbekiston termasining barça 23 a'zosi soğlom va öyinga şay holatda.
Anjumanda e'tiborga molik yana bir gap Sidiqov tomonidan yangradi. U ösmirlar va yoşlar terma jamoalari miqyosida Yaponiyaga qarşi bir neça marta töqnaş kelganini aytib, ulardan hali birortasida mağlub bölmaganini ta'kidladi. Javohir bu haqda yaponiyalik jurnalistning bir yil oldin Xitoyda bölib ötgan U-23 Osiyo çempionatini eslatib bergan savoliga javoban gapirgan edi. Eslatib ötamiz, 2018 yilning yanvar oyi örtalarida Özbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo çempionati çorak finalida Yaponiya ustidan 4:0 hisobida ğalaba qozongan, gollardan biriga Javohir Sidiqov mualliflik qilgandi.
Matbuot anjumanidan söng öyinoldi rasmiy maşğuloti ötkazildi. Jarayonni kuzatgan Kun.uz fotomuxbiri Al-Ayndagi stadiondan bir qator e'tiborli lahzalar aks etgan suratlarni taqdim etdi.

































