Bemor qizaloqqa «ukol» uy şaroitida qilingani va dori vositasi heç qanday sinamasiz (probasiz) yuborilgani ma'lum böldi. Bolaning yaqinlari u avval ham şu preparatdan qabul qilgani va nojöya holat kuzatilmaganini aytişdi, ammo baribir «ukol» qilişdek muhim muolaja, buning ustiga yoş bolaga, şifokor nazoratisiz ötgani töğri emas.
Afsuski, bu kabi holatlar kam uçraydi, deb bölmaydi. Dunyoda anafilaktik şok tufayli har yili minglab odam nobud böladi. Dori vositalarini qabul qilişda bizning munosabatimiz ham havas qilarli emas...
Anafilaktik şok atamasini rus-fransuz olimlari Aleksandr Bezredka va Şarl Rişe muomalaga kiritgan hamda bu holatni batafsil örganganlari uçun olimlarga 1913 yilda fiziologiya va meditsina yönalişida Nobel mukofoti berilgan. Bugun dunyo böylab yiliga har 100 ming odamga taxminan 5 ta anafilaktik şok holati töğri keladi. Bu körsatkiç keskin oşgan yillar ham bölgan. 1980-yillarda har 100 ming odamga 20 ta, 1990-yillarda hatto 50 tagaça holat töğri kelgan. Bu qadar keskin ösiş sababi sifatida asosan oziq-ovqat allergiyasi köriladi. Anafilaktik şokka olib keluvçi allergiyaga asosan ayollar va yoş yigitlar moyil böladi.
Ötmişda anafilaktik şokning asosiy sababçisi organizmga tabiiy zaharning (ilon zahri, zaharli yegulik) tuşişi bölgan bölsa, bugungi kunga kelib dori vositalaridan kuçli allergik reaksiya tobora köproq kuzatilmoqda. Bu ham inson organizmining kimyoviy moddalarga öziga xos javobi bilan izohlanadi. Dori vositalari tufayli kelib çiqqan allergiya bu ikkilamçi reaksiyadir. Ya'ni organizm qaçondir bu vositani «eslab qolgan» böladi-da, uning qayta qabul qilinişi tezkor va jiddiy reaksiyaga sabab böladi.
Allergiya va uning ortidan anafilaktik şok holatlarining e'tiborga molik jihati şundaki, ular 10 va hatto 20 foizgaça holatlarda ölim bilan yakunlanadi!
Keskin allergiya çaqiruvçi dori vositalari orasida antibiotiklar öziga xos yetakçi. Bunda bir neça soniyadan boşlab bir neça soatgaça vaqt orasida belgilar yuzaga kelişi mumkin. Bemorning badanida kökarişlar, şilliq qavatida qizarişlar, şişlar va böğiliş kabi yaqqol belgilar paydo böladi. Bemorning ahvoli şu qadar şiddat bilan yomonlaşadiki, köp hollarda şifoxonaga yetib bormay yoki tez yordam kelguniga qadar bir neça daqiqa içida yuragi urişdan töxtab qolişi mumkin.
Özbekistonda ham anafilaktik şok yuzaga kelişi böyiça jiddiy xavf mavjud va deyarli barça bu jarayonga aloqador. Çunki juda köpçilik kimdandir eşitgan dorisini dorixonadan heç qanday retsepsiz sotib olişi mumkin. Şprits, qöşimça eritmalarni olişda ham biror muammo yöq. Eng qiziği – hammaning hamşira tanişi yoki qölidan inʼeksiya qiliş keladigan qarindoşi bor. Eski tajribaga köra dori darhol tortiladi va bemorga şartta ukol qilib yuborilaveradi.









