Feysbukdagi «Potrebitel.uz» yopiq guruhida 28 oktabr kuni bir post qoldirildi. Unda aytilişiça, Angren şahrida yaşovçi 11 yaşar qiz «Tseftriakson» dori vositasi tufayli paydo bölgan allergik reaksiya sabab vafot etgan.

Ma'lumotda voqea joriy yilning 20 oktyabrida sodir bölgani, surunkali bronxit sabab muntazam davolanib keladigan 11 yoşli bemor şifokor körsatmasiga binoan «Tseftriakson» antibiotigini qabul qilgani aytiladi.

Ukol qilinganidan keyin 3 daqiqa içida bemorning qöllarida kökarişlar, közlarida qizariş, köngil aynişi boşlangan. 10 daqiqa içida bemor hududiy şifoxonaga olib borilgan, öşa yerda dastlabki yurak urişdan töxtaş holati kuzatilgani aytiladi. Şifokorlar tezkor harakatlar bilan yurak faoliyatini tiklaşga muvaffaq bölişadi. Ammo keyinçalik bu holat yana ikki marta takrorlanadi va tongda bemor yuragi butunlay töxtaydi.

Şuningdek, bemor şu kunga qadar ham «Tseftriakson» antibiotigini muntazam qabul qilgani, ammo reaksiya kuzatilmagani bildirilgan. Ya'ni amalda unga bu dori vositasi sinamasiz inʼeksiya qilingan.

E'lon qilingan postda ölimga olib kelgan holat «Tseftriakson» dori vositasidan allergiya va anafilaktik şok tufayli paydo bölgani aytilgan. Şuningdek, bu vosita Rossiyadan olib kelingani, şu paytgaça ham bu doridan paydo bölgan reaksiya tufayli Angrenda ölim holatlari qayd etilgani, köpçilik dori vositalari sotuvdan qaytarilgan bölsa-da, bir qismi tarqalib ketgani yoziladi.

Postga bu dori vositalari «Deko» va «Bioximik» zavodlarida işlab çiqarilgani va nojöya ta'sirlari tufayli qaytarib olinganiga oid ma'lumot ham tirkalgan. Ammo bu ma'lumot örganilganida holat bundan 4 yildan ortiq vaqt oldin kuzatilgani ma'lum böldi. Bu haqdagi maqolada «Tseftriakson» dori vositasi şu paytga qadar ham 4 marta sotuvdan qaytarilgani bayon qilingan.

  • Tseftriakson haqida: tsefalosporin qatoriga kiruvçi keng ta'sir kuçiga ega antibiotik. Tibbiyotda juda köp qöllaniladi, ayniqsa yuqumli kasalliklarda, jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin, jarohatlarda tavsiya qilinadi. «Tseftriakson» degan umumiy nomdan taşqari «Tsef», «Tsefabel» «Tsefivel», «Tsefiksem», «Tsefod», «Peo», «Medakson», «Betasporin», «Lifakson» kabi qator nomlar ostida, ammo şu tarkibda işlab çiqariladi.

Kun.uz holat yuzasidan izoh oliş uçun dastlab Soğliqni saqlaş vazirligi bilan boğlandi. Vazirlik matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev Angrenda 11 yoşli bemor vafot etganini tasdiqladi.