O‘zbekiston | 09:44 / 27.12.2020
10560
1 daqiqa o‘qiladi
Metroning Sergeli yo‘nalishi 1 yanvargacha bepul bo‘ladi
Toshkent yerusti metrosining Sergeli yo‘nalishida yo‘lovchilar 1 yanvargacha metrodan tekinga foydalanishlari mumkin.
26 dekabr soat 16:00dan boshlab Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi xizmat ko‘rsata boshladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatining xabar berishicha, yo‘nalish ishga tushgandan boshlab 2021 yil 1 yanvar soat 8:00 ga qadar ushbu yo‘nalishda yangi ochilgan «Bekat-1», «Bekat-2», «Bekat-3», «Bekat-4», «Bekat-5» stansiyalarida harakatlanish bepul bo‘ladi.
Metroda bepul xizmat faqat yangi yo‘nalishdagi poyezdlarga chiqilganda mumkin bo‘ladi. Toshkent metropolitenining boshqa yo‘nalishlarida xizmat pullik bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:17 / 18.05.2021
Toshkent metrosi ish vaqti o‘zgarmoqda
23:32 / 29.04.2021
Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rgani uchun poyezdni to‘xtatgan
19:16 / 28.04.2021
Toshkent metrosida yana favqulodda holat yuzaga keldi
21:55 / 27.12.2020