Keçirim söraş, yordam sörab murojaat qiliş, samimiy böliş. Bularning bariga faqat haqiqatan ham kuçli bölgan kişilargina qodir.
Quyidagi sözlar hind inqilobçisi Maxatma Gandiga tegişli: “Keçira oliş qobiliyati – kuçlilarga xos. Kuçsizlar heç qaçon keçirişmaydi”.
Odamlarni kuçli va kuçsizlarga ajratiş örinsiz körinişi mumkin. Axir baholaşning aniq mezonini belgilaş imkonsiz. Biroq taxmin qiliş mumkin.
Kuçsiz odam – baxtli böliş qölidan kelmaydigan odam. U qörquvga töla, mas'uliyatdan qoçadi va ötmiş xatolari bilan yaşaydi. Bu kuçlilarga xos emas. Kuçlilar faqat bir narsani istaydi – özi va yaqinlari uçun hayotni baxtga töldiriş.
Bu ikki guruhning umumiy jihatlari kam, biroq tafovutlar talaygina. Ulardan köpçiligi kuçsiz kişi qodir bölgan hayot va amallarga borib taqaladi. Hozir ana şu omillar haqida söz yuritamiz.

1. Uzr söraş
Keçirim söraş – noqulay. Buni bajariş uçun özimizning nohaq ekanimizni tan olişga töğri keladi. Bu esa nafsoniyatimizga tegadi. Biroq özini yengib, keçirim söraşga muvaffaq bölganlar xotirjamlik va ruhiyat quvvatiga ega bölişadi.
Buning sababi şundaki, odam yetkazayotgan oğriq izsiz yöqolmaydi. Bu har ikkala tomon uçun ham töğri.
Uzr söraşdan qörqmang.
Bu bizni boşqalar nazarida “inson”ga aylantiradi.
2. Yordam söraş
Yordam söraş ham uzr söraş kabi muşkul. Bu bandlar bir-biriga boğliq. Iltimos kişini muammoni qanday hal qilişni özi bilmasligini tan olişga majbur qiladi. Biroq agar notöğri yöl tutgan bölsak, bizni yönaltira oladigan kişilardan yordam söraşimiz lozim.
Gap bu masala bilan kimga murojaat qilişda. Agar foydali maslahat olişni istasangiz, işning ustasiga yuzlaning. Agar şubhalar xavotirga solayotgan bölsa, hikoyangizni tinglaydigan yaqin kişiga ayting. Balki, birgalikda yeçim toparsiz.








