Energetika vazirligi Markaziy Osiyo yagona elektr tarmoğida katta avariya bölişi oqibatida Özbekiston hududlarida elektr energiya ta’minotida yuzaga kelgan öçiş holatlari böyiça yana bir izoh berdi.
«Prezidentimiz topşiriqlariga binoan elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlaş va bartaraf etiş böyiça Boş vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya tomonidan birinçi navbatda generatsiya jarayonini tiklaş hamda yuqori va past kuçlanişli elektr tarmoqlariga kuçlaniş beriş orqali iste’molçilarning elektr ta’minotini tiklaş vazifasi qöyildi.
Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir bölgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlaş, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlaş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiş hamda zudlik bilan amalga oşiriş yuzasidan qator vazifalar yukladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lum qilinişiça, yagona elektr tarmoğiga ulangan Özbekiston elektr tarmoği bu avariyaning salbiy ta’siri natijasida Toşkent va Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalarida avariyaga qarşi himoya tizimi işlab ketib, ikkala stansiyaning ham avtomatik ravişda öçişiga olib kelgan. Bu holat öz örnida Tolimarjon va Töraqörğon issiqlik elektr stansiyalari iş faoliyatiga ham salbiy ta’sir körsatgan.
Natijada Farğona va Toşkent şahri va viloyati, Farğona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qaşqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar qayd etilgan.
«Hurmatli iste’molçilar, şuni ham alohida ta’kidlaş lozimki, Özbekiston elektr ta’minoti tizimi Markaziy Osiyo elektr energetika tizimi bilan parallel ravişda işlaydi. Umumtizimning ma’lum bir hududida kuzatilgan nosozliklar boşqa hududlarni avariyadan saqlab qolişi, yoki aksinça, uning barqaror işiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Avariyaga qarşi releli himoya va avtomatika tizimi energotizim barqarorligi uçun amalga oşiriladigan texnik-muhandislik holati bölib, u tizimda turli nosozlik hamda yonğinlar çiqişining oldini oladi.
Hozirgi vaqtda Toşkent viloyatidagi Çorvoq, Xöjakent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Taxiatoş issiqlik elektr stansiyasi hamda Farğona viloyatidagi Farğona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatiş boşlandi.
Ayni paytda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bosqiçma-bosqiç tiklanmoqda.Nosozliklar bartaraf etilayotgani haqida qöşimça ravişda axborot berib boriladi», deyiladi vazirlik













