Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ucell sotilganini rad etdi

Foto: Ucell
Rossiyaning «Megafon» kompaniyasi Coscom uyali aloqa operatorini (Usell brendi) sotib olmadi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Kun.uz’ga xabar berdi.
Operator sotilishi haqidagi ma'lumot bugun ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, repost.uz Ucell «bosh ofisidagi manbalarga» tayanib ushbu kelishuv haqida xabar qildi.
«Yuz foiz davlat ulushi bizning qo‘lda, hech narsa sotilmadi», - deya agentlik vakili Kun.uz’ga izoh berdi. Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, davlat operatorni sotishni rejalashtirmayapti hamda sotuv bo‘yicha muzokaralar olib bormayapti.
Telia Shvetsiya-Finlyandiya shirkati 2018 yil dekabr oyida O‘zbekistonning telekommunikatsiya bozoriga kirish bilan bog‘liq korrupsion mojarodan so‘ng Usell’dagi o‘z ulushini davlatga sotdi. Kompaniya 2015 yil oxiridayoq «Yevrosiyo» makromintaqasidagi o‘z aktivlarini sotib yuborish niyatida ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonovning USM Holdings’i «Megafon»ning nazorat qiluvchi aksiyadori hisoblanadi. Avvalroq, OAV Usmonovning tuzilmasi Usell’ni sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi, ammo bu ma'lumot rasman tasdiqlanmadi.
Coscom 1996 yil aprel oyida tashkil etilgan. 2007 yil iyul oyida Telia Company shved-fin shirkati kompaniyaning asosiy aksiyadoriga aylandi. Hozirgi kunda kompaniyada 1250 ga yaqin xodim ishlaydi, abonentlar bazasi 7,1 mln kishi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun ijtimoiy taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat | 18:00
-
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog
Jahon | 17:33
-
Mask AQSh O‘zbekiston paxtakorlarini moliyalashtirganini eshitib kulib yubordi
Jahon | 17:04
-
AQSh Rossiyaning savdo hamkorlariga 500 foizlik boj joriy qilmoqchi
Jahon | 17:01
Mavzuga oid

16:59 / 18.04.2025
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi

09:00 / 19.09.2024
Ucell eng tez internet mukofoti sohibi bo‘ldi

09:48 / 14.08.2024
Andijonda Ucell xodimi kompaniyaning qariyb 450 mln so‘m pulini onlayn birjaga tikib, yutqazib qo‘ydi

19:17 / 01.08.2024