Jamiyat | 09:10 / 07.08.2024
64975
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini va 7 oylik chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi

Voqea 6 avgust kuni tunda sodir bo‘lgan. Bo‘stonliq tumanida xizmat xonadonida yashovchi profilaktika inspektori “PM tabel” quroli bilan avvaliga turmush o‘rtog‘i va 7 oylik o‘g‘il farzandiga, so‘ngra o‘ziga o‘q uzgan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dahshatli voqea sodir bo‘ldi: profilaktika inspektori o‘ziga topshirilgan to‘pponcha bilan avvaliga turmush o‘rtog‘i hamda farzandini, so‘ngra esa o‘zini otib o‘ldirgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov bu ma’lumotni tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, holat 6 avgust kuni soat 21:00 larda sodir bo‘lgan.

Bo‘stonliq tumanida xizmat xonadonida yashagan, 1996 yilda tug‘ilgan Bo‘stonliq tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik davomida o‘ziga biriktirilgan “PM tabel” quroli bilan turmush o‘rtog‘i va 2024 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga o‘q uzib, qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u jinoiy qilmishidan qutulib qolish maqsadida qurol bilan o‘zining ham boshiga o‘q uzgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid