Prezidentning “Içki işlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlaş faoliyatiga yangiça işlaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Qarorga köra, içki işlar organlari jamoat xavfsizligini taʼminlaş bölinmalarining faoliyati quyidagi ustuvor işlaş mexanizmlari asosida yaxlit tizim sifatida taşkil etiladi:
xizmat yönalişi va xizmat ötaş hududidan qatʼiy nazar fuqarolarning murojaatlari va xabarlariga tezkorlik bilan munosabat bildiriş;
aholi bilan bevosita yaqindan va oçiq muloqotga kirişiş hamda ularning huquqbuzarlikka sabab bölişi mumkin bölgan muammolarini hal etişda kömaklaşiş;
bevosita joylarning özida huquqbuzarliklarni sodir etiş sabab va omillarini barvaqt aniqlaş va bartaraf qiliş, xavf guruhiga kiruvçi şaxslar bilan kunlik asosda manzilli profilaktik işlarni yölga qöyiş.
Profilaktika inspektorining xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
Profilaktika inspektorlariga quyidagi qöşimça vakolatlar beriladi:
- körib çiqiş vakolati doirasidagi birinçi marotaba sodir etilayotgan 17 turdagi kam ahamiyatli maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlar böyiça maʼmuriy ogohlantiriş jazosini qöllaş;
- yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş borasida mahalla köçalari va yölaklarida yöl harakati qoidalari buzilişi bilan boğliq 4 turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar böyiça maʼmuriy jazo qöllaş;
- tuman (şahar) içki işlar organi boşliği yoki uning örinbosarlarining vakolatidagi 9 turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş va maʼmuriy jazo qöllaş.
Şuningdek, profilaktika inspektorlarining huquqiy mavqei va xizmat masʼuliyati oşiriladi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va aholi bilan yaqindan işlaş böyiça huquqbuzarliklar profilaktikasini manzilli taşkil etişda quyidagi tartib örnatiladi:
profilaktika inspektori kasbiy faoliyatining ustuvor maqsadi unga nisbatan aholi işonçining yuqori darajasiga erişiş hamda xizmat joyida jinoyatçilikni jilovlaş etib belgilanadi;








