Andijonda şaxsiy adovati ortidan birovning uyini yoqib yuborgan erkak jinoiy jazoga tortildi. U IIB xodimi bölgan. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmiga köra, 24 yoşli S.Ğ. 2026-yil 20-aprelga qadar Oltinköl tumanidagi Ganjiravon mahallasida profilaktika inspektori bölib işlagan. U 17-aprel kuni yarim tunda Izboskan tumani Toşkeçik mahallasiga borib, özaro şaxsiy adovati bölgan şaxsning uyini yoqib yuborgan.

S.Ğ. xonadonda heç kim yöqligidan foydalanib, avvaliga uy derazasini sindirgan. Söngra qölidagi qoğozni yoqib, deraza orqali uy içiga uloqtirgan hamda voqea joyidan yaşiringan. Oqibatda xonadonda yonğin sodir bölgan va 170 mln söm moddiy zarar yetkazilgan.

S.Ğ. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan va adovati bölgan şaxs sobiq sevgilisining turmuş örtoği ekanini aytgan.

“2022-2024 yillarda S.N. bilan gaplaşib yurdim. U qiz boşqaga turmuşga çiqib ketgaç, aloqalarni uzdim. 2025-yil kuz oylarida onam bilan şifoxonaga ketayotgan vaqtimda Damas maşinasi haydovçisi, keyinçalik bilişimça J. mening yölimni qisib ötib ketdi. Unga ehtiyot bölib yurişni aytdim. U menga qarab sökindi va onamni haqorat qildi. Onam kasalligi sababli şu vaqtda tortişib ötirmasdan ketdim.

Keyinçalik u bolani suriştirdim va J. sobiq sevgilimning turmuş örtoği ekanini bildim. Şundan söng unga nisbatan adovat yuzaga keldi. Qişloğiga borib, uyi va qayerda yaşaşini, nima iş qilişini suriştirdim.

2026-yil 16-aprel kuni keçasi spirtli içimlik isteʼmol qildim. J. onamdan kelib sökkani esimga tuşib ketdi. Maşinamning davlat raqam belgisini yeçib olib, J.ning qişloğiga bordim.

Yaşaş xonadonini közdan keçirdim. Uyda heç kim yöqligini bilib, derazani toş bilan urib sindirdim. Özim bilan olib kelgan qoğozni yoqib, singan derazadan içkariga taşlab yubordim”, degan S.Ğ. öz körsatmasida.

Sobiq xodim J.ni öldirişga qasd qilmaganini, uyda heç kim yöqligini bilgaç, bu işni qilganini bildirgan hamda suddan yengillik söragan.

JIB Izboskan tuman sudining hukmi bilan S.Ğ. Jinoyat kodeksi 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topildi. Unga 2,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şuningdek, S.Ğ.dan jabrlanuvçi foydasiga 170 mln söm moddiy zarar undiriş belgilandi.