Ikki döst uçraşib, biri ikkinçisidan sörabdi:

— Seni örmonda ayiq quvsa nima qilasan?

— Qoçaman.

— Yetib olsa-çi?

— Daraxtga çiqib olaman.

— Daraxtga ham çiqsa-çi?

— Eng baland şoxiga çiqib jon saqlayman.

— Ayiq ham öşa joygaça çiqsa-çi?

— Ey döstim, sen menga oşnamisan yoki ayiqqa?

Bu bir latifa bölsa-da, hayotimizda uçraydigan ba'zi bir holatlarga öxşab ketadi.

Men Yaponiyada yaşab, ilmiy faoliyat yuritaman. Maqolam xulosasini oldindan aytadigan bölsam, hozirda biz, modomiki, Özbekiston mahsulotlarini çet el bozorlariga olib çiqişni istayotgan ekanmiz, harakatlarimiz aynan şu maqsadga xizmat qilişi lozimligini, aks holda mahsulotlarimiz eksporti yölida öz qölimiz bilan ğovlarni yaratişda davom etişimizni aytmoqçiman. Nega bunday deyapman?

Boşqa bir maqolamda aytib ötganimdek, kunçiqar yurt bilan özaro taşqi savdo balansimiz 52>1 körinişda (ya'ni bizning Yaponiyaga qiladigan mahsulot eksportimiz hajmi Yaponiya bizga qiladigan eksport hajmidan 52 barobar kam bölib turibdi).

Yaqinda mahsulotlarimiz yapon bozoriga kirib kelayotganini körib, quvonçim içimga siğmay ketdi. Özbekistondan Yaponiyaga qişloq xöjaligi mahsulotlari importini yölga qöyayotgan yapon şirkati menejyeri bilan suhbatlaşib, rahmat aytişni boşlayotgan edim, u menga muammolarini aytib qoldi. Ismini oşkor etişni istamagan yapon tadbirkori bilan bölib ötgan suhbat mazmunini havola etaman.

— Firmamiz sizning yurtingiz bilan savdo qilişni yölga qöydi, Özbekistonning turli xil mevalarini import qilişni boşlaganmiz. Yaqinda Yaponiya şaharlarida yurtingiz mahsulotlari paydo böladi. Biroq hammasi yaxşi ketyapti deb aytolmayman…

— Nega endi? Özbekiston mahsulotlari yaponlarga yoqmadimi?

— Yöq, mahsulotlaringizga gap yöq. Bu sohada sizlarda juda katta imkoniyatlar mavjud. Buni özlaringiz ham yetarliça tasavvur qila olmaysiz.