Maʼlumotlarga köra, global dron bozori yiliga 10-15 foiz surʼat bilan ösib bormoqda. Uşbu texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etiş mamlakatimizda ham iqtisodiy ösişni jadallaştiriş, yuqori malakali mutaxassislarga talabni oşiriş va yangi texnologik yönalişlarni rivojlantirişga xizmat qilişi mumkin.

Taqdimotda uçuvçisiz aviatsiya tizimlaridan fuqarolik maqsadlarida foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, sohada tadbirkorlik va investitsiya faoliyati uçun qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan takliflar körib çiqildi.

Şu bilan birga, uçuvçisiz aviatsiyadan foydalanişni kengaytiriş parvozlar xavfsizligi va fuqarolarning şaxsiy hayoti daxlsizligini taʼminlaydigan zamonaviy tartibga soliş mexanizmlarini işlab çiqişni talab etadi.

Bugungi kunda dronlardan foydalanişning yagona qoidalari, ularni hisobga oliş va parvozlarni muvofiqlaştiriş, yetkazilgan zararni qoplaş hamda suğurtalaş mexanizmlarini takomillaştiriş zarurati mavjud.

Şu maqsadda uçuvçisiz aviatsiya vositalari haqidagi maʼlumotlarni birlaştiruvçi yagona raqamli axborot tizimini şakllantiriş, parvoz hududlarini aniq belgilaş va ulardan foydalaniş tartiblarini joriy etiş böyiça takliflar bildirildi.

Taqdimotda uşbu yangi yönaliş uçun malakali kadrlar tayyorlaş va innovatsion ekotizimni rivojlantiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Xususan, kelgusi öquv yilidan Transport universitetida uçuvçisiz aviatsiya tizimlari böyiça mutaxassislar tayyorlaşni yölga qöyiş, taʼlimni amaliy maşğulotlar bilan uyğunlaştiriş, yoşlarning zamonaviy aviatsiya texnologiyalariga qiziqişini qöllab-quvvatlaş rejalaştirilmoqda.

Davlat rahbari tomonidan mutasaddilarga ilğor xorijiy tajriba asosida uçuvçisiz aviatsiya tizimlarini iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etiş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş, tadbirkorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan qonunçilikni takomillaştirişga doir takliflar tayyorlaş böyiça topşiriqlar berildi.