200 mln yuanlik jamğarma

Zou Şiming havaskorlar örtasida uç karra jahon çempioni, 2008-yilgi Pekin va 2012-yilgi London Olimpiadalarida oltin medal sohibi bölgan. U 2013-yil 32 yoşida katta tavakkalga qöl urib, professional boksga ötdi va AQŞga yöl oldi. Professional ringdagi ilk jangi uçun gonorari 250 ming dollarni, ikkinçi jangi uçun esa 500 ming dollarni taşkil etgan. Biroq boksçi gonorar kam tölanadigan eng yengil vazn toifasida jang qilgani va AQŞdagi yillik maşğulot xarajatlari balandligini hisobga olsak, muştlaşişning özi bilan 200 mln yuan töplaş imkonsiz edi.

Katta kapitalning asosiy manbai sportçining nomini şou-biznes va reklama bozoriga mohirlik bilan olib kiriş böldi. 2015-yilda çempionlik kamari uçun keçgan ilk jangdagi mağlubiyatdan söng Pekin universitetida MBA darajasini olgan «işbilarmon» rafiqasi Ran Yingying uni öğli bilan birga maşhur «Ota, qayerga ketyapmiz?» realiti-şousida qatnaşişga köndiradi. Bu qaror oilaga mislsiz maşhurlik va boylik olib keldi. Keyingi beş yil içida er-xotin öndan ortiq reytingi baland telekörsatuvlarning doimiy mehmoniga aylandi, yirik brendlar bilan million yuanlik reklama şartnomalarini imzoladi. Natijada Zou Şiming Xitoyning eng boy sportçilari reytingida oltinçi öringa kötarildi, oila esa Pekin, Şanxay, Guyyan va AQŞdan qimmatbaho köçmas mulklar xarid qildi.

Biznesdagi xatolar

2014-yilda Zou Şimingning çap közi tör pardasi jiddiy şikastlandi. Şifokorlar uni ogohlantirdi: ringdagi yana bir kuçli zarba uni butunlay köriş qobiliyatidan mahrum qilişi mumkin edi. Şunga qaramay, u boksni davom ettirdi. Ammo 2017-yil iyulida yaponiyalik Syo Kimuraga qarşi jangda oğir nokautga uçrab, WBO çempionlik kamaridan ayrilgaç, professional faoliyatini yakunladi.
Öşa pallada Zou oldida sokin hayot yölini tanlaş imkoniyati bor edi: töplagan 200 mln yuanni bankka qöyiş va Sport qömitasidagi nufuzli lavozimlardan birida iş boşlaş. Ammo ikki omil boksçini tinç hayotdan voz keçib, biznesga kirib kelişga undaydi. Birinçidan, Şiming sobiq jamoadoşlarining sportni tark etgaç, oğir ahvolda qolganini köradi. Şu bois u nafaqaga çiqqan boksçilarni iş bilan taʼminlaydigan ulkan boks markazi qurişni niyat qiladi. Ikkinçidan, rafiqasi, biznes boşqaruvi böyiça nufuzli universitet bituvçisi bölgan Ran Yingying uni tadbirkorlik faoliyatini boşlaşga undaydi. Şu tariqa Zou yirik biznes imperiya qurişga kirişadi.

Eng katta xato 2018-yilda Şanxaydagi Xuanpu daryosi böyida 18 ming kvadrat metrlik, ikki yarimta futbol stadioni maydoniga teng ulkan boks markazining oçilişi böldi. Ran Yingying uni odamlar gavjum joyda qurişni taklif qilgan bölsa-da, Zou Ğarb boksi Xitoyga aynan Şanxay portlari orqali kirib kelganiga urğu berib, qatnov juda kam bölgan hududni tanlaydi. Natijada metro yetib bormagan majmuaga kiriş yölini ham boksçi öz hisobidan qurişga majbur böladi.

Majmuaning yillik ijara haqi 50 mln yuan yoki 7,5 mln dollardan köproqni taşkil etadi. Şuningdek, uni jihozlaş uçun ham katta pul sarflangan: markazning içki qismiga 3 mln yuanlik ulkan billur qandil örnatiladi, Germaniyada işlab çiqarilgan, har biri 200 ming yuan turadigan yuguriş yölakçalari xarid qilinadi. Muammolar faqat ortiqça dabdaba bilan çeklanib qolmaydi. Boşqaruv va taʼminot şartnomalarining qarindoşlarga berilişi xarajatlarni keskin oşiradi. Dastlab 15 kişidan iborat bölgan xodimlar ştati esa 300 nafargaça kengaytiriladi.

Xarajatlar kattaligi sababli mijozlar uçun narxlar ham ança qimmat qilib belgilanadi. Zalning yillik abonementi 38 mingdan 88 ming yuangaça yoki Şanxaydagi örtaça narxdan 5 barobar qimmat edi. Natijada ulkan zalda mijozlar soni eng köp bölganda ham 30 kişiga yetmadi va markaz 7 yil içida atigi bir oygina foyda bilan işlaydi.
Vaqtida saboq çiqariş örniga er-xotin 20 dan ortiq kompaniya oçib, özlari tuşunmaydigan sohalarga pul tikişda davom etadi. Bir kişi uçun örtaça çek 300 yuandan oşadigan «Ran Wei» restorani, moda kiyimlari, kibersport va çoyxona tarmoqlari ketma-ket kasodga uçradi. Pandemiya davridagi karantinlar oflayn biznesni butunlay falaj qildi. Yöqotişlarni tezroq qoplaş ilinjida P2P moliyaviy piramidalariga tikilgan 80 mln yuan va kriptovalyutaga yönaltirilgan 40 mln yuan ham butunlay kuyib ketadi. Eng yomoni, er-xotin oilaviy mol-mulkni biznes xatarlaridan himoya qiliş uçun trast fondlarini taşkil etmagan. Aksinça, boks markazi uçun şaxsiy kafillik berib, kompaniya qarzlari böyiça javobgarlikni ham öz zimmasiga olgan. Natijada biznesning qarzlari oilaning şaxsiy moliyaviy majburiyatlariga aylanadi.

Ayni paytdagi vaziyat

Moliyaviy tanglik oilani bor-budidan ayirdi. Er-xotin Pekin, Guyyan, AQŞ va Şanxaydagi uylarini, xususan, Şanxay sohilidagi 82 mln yuanlik koşonasini ham sotib, ijara xonadonga köçib ötdi. Ran Yingying hatto özining 72 ta qimmatbaho «Hermes» sumkasi va qutisi oçilmagan 200 juftdan ortiq brend poyabzallarini ham ikkilamçi bozorda sotib yubordi.

Qarzlar fonida yuzaga kelgan bosim sababli er-xotin örtasidagi munosabatlar yomonlaşdi. Hatto uç marta ajraşiş uçun ariza ham berişdi, biroq uç farzand va umumiy qarzlarning mavjudligi sababli buning imkoni bölmadi. Biznes kasodga uçragaç, Zou Şiming tuşkunlikka tuşib qoldi. Bu paytda xotini imkon qadar vaziyatni önglaş uçun kuniga 14 soatlab jonli efirda mahsulot sotişni yölga qöydi. Keyinçalik Zou ham özini qölga olib, körgazmali janglar va tijorat tadbirlariga qaytdi.

Tinimsiz mehnat va köçmas mulklarning sotilişi öz natijasini berdi. 2026-yil bahoriga kelib, er-xotin uçta yirik bankdagi asosiy kreditlar töliq yopilgani va qarz bosimi 80 foizga kamayganini maʼlum qildi. Ammo oilaning yaqin döstlari oldidagi 40 mln yuan qarzi saqlanib qolyapti. Şunga qaramay, sobiq çempion va uning rafiqasi bankrotlik eʼlon qilib javobgarlikdan qoçiş örniga, xatolarini mardonavor tan olib, qarzlarini mehnat qilib uzayotgani jamoatçilik tomonidan eʼtirof etilyapti.