2019 yilning 1 aprelidan 1 noyabrga qadar qariyb 29 mln mobil qurilma UZIMEI tizimida röyxatdan ötkazilgan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri örinbosari Qahramon Yöldoşevga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Vazir örinbosari, şuningdek, mobil qurilmalar IMEI kodlarining röyxatga olinişi bilan foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlari yiğilib, telefonlar kuzatilişi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-sözlarga ham izoh berdi.
Yöldoşevning sözlariga köra, yangi tizimni joriy qiliş jarayonida vazirlik Davlat bojxona qömitasi va Içki işlar vazirligi bilan UZIMEI tizimidan hamkorlikda foydalaniş böyiça idoralararo bitim tuzgan.
«Qaysi holatda fuqaroga nisbatan ma'lumot kerak bölganda, tizimning funksiyalaridan foydalaniş tartiblari bitimda körsatilgan. Ya'ni operator özi mustaqil ravişda biror bir fuqaroga tegişli bölgan şaxsiy ma'lumotlarni uçinçi şaxsga berişga haqqi bölmaydi. Faqatgina Içki işlar vazirligining bitim doirasidagi, ya'ni reglament doirasidagi tartiblar böyiça ma'lumotlar almaşinuvi yölga qöyiladi», – dedi Qahramon Yöldoşev duşanba kuni matbuot anjumanida.

Eslatib ötamiz, IMEI-kodlarini röyxatdan ötkazişning birinçi bosqiçida – 1 apreldan 1 noyabrgaça bölgan davrda faol SIM-kartasi bölgan barça mobil qurilmalar avtomatik UZIMEI tizimiga kiritildi.
Kun.uz avvalroq IMEI-kodni röyxatdan ötkazişda biliş kerak bölgan eng muhim ma'lumotlarni taqdim etgan edi.








