Agar sizni yötal, şamollaş kasalliklari, doimiy çarçoq hissi tez-tez bezovta qilsa, u holda haftada bir neça marta kundalik sayrlar yoki oddiy jismoniy maşqlar özingizni yaxşi his qilişingizga yordam beradi.

Jismoniy faollik immun tizimiga bakterial va virus infeksiyalarini mağlub qilişga yordam beribgina qolmay, yurak kasalliklari, osteoporoz va saraton rivojlanişi xavfini kamaytiradi.

Jismoniy faollikning soğlomlaştiruvçi ta'siriga qaramay, me'yor hissi haqida unutiş kerak emas. Marafonda yuguriş yoki sport intensiv maşqlar kabi oğir va uzoq harakatlar aslida aylanuvçi leykotsitlar sonini pasaytirib, stress gormoni ajralişini kuçaytirib, immun tizimiga qarama-qarşi ta'sir körsatadi.

Foto: pixabay

Tadqiqotlarga köra, kamharakat hayot tarzidan me'yoriy faol hayot tarziga ötgan odamlar soğliq uçun köproq foyda olişadi. Bunday jismoniy faollik dasturi quyidagilarni öz içiga oladi:

  • Farzandlaringiz bilan haftada bir neça marta velosipedlarda sayr qiliş;
  • Kundalik 20-30 daqiqalik piyoda sayrlar;
  • Kun ora sport zalida şuğullaniş;
  • Muntazam ravişda tennis öynaş.

Bundan taşqari, jismoniy faollik insonning kayfiyatini yaxşilaydi, zero maşğulotlar davomida siz özingizni kuç-quvvatga tölayotganingizni his qilasiz. Şuning uçun jismoniy faollikni orqaga surmang, tezroq aerobikaga yoziling yoki şunçaki köçada piyoda sayr qilişga odatlaning. Qarabsizki, özingizni yanada soğlom va serğayrat his qilasiz!