Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi ta'sis etiladi
Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta'minlash va mintaqaviy muammolarni bartaraf etishdagi o‘zaro munosabatlarida ishonch darajasi oshiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha qarashlarini yaqinlashtirish, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni shakllantirishga qaratilgan O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili lavozimini ta'sis etish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 20 iyul, ijro uchun mas'ullar - TIV, DXX, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.
Mavzuga oid
11:20 / 20.01.2026
“Tajovuzning mafkuraviy boshlanishi” - ekspertlar Duginning chiqishi haqida
20:02 / 18.01.2026
Yana bir propagandachi Markaziy Osiyo mamlakatlari suverenitetiga qarshi chiqdi
15:08 / 14.01.2026
Solovyov O‘zbekistonda nomaqbul shaxs deb e’tirof etilishi kerak - Bobur Bekmurodov
11:48 / 12.01.2026