Yiğilişda Buxoro viloyatining yangi hokimi Karim Kamolov, Özbekiston Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari Qahramon Quronboyev iştirok etgan.
Avval xabar berganimizdek, Olot tumani hokimi lavozimida şu kungaça işlab kelgan Şerali Salomov Qoraköl tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.
Olot tumani hokimi vazifasiga Buxoro viloyati tarixida ilk bor ayol kişi tayinlangan. Buxoro viloyati hokimi K.Kamolovning qaroriga köra, 2004 yildan buyon Olot tumani hokimi örinbosari, tuman xotin-qizlar qömitasi raisi, sönggi kunlarda mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği vazifasida işlab kelgan Nargiza Isomiddinovna Ne'matova Olot tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.

N.Ne'matova 1964 yilda tuğilgan, ma'lumoti böyiça mutaxassisligi vraç-terapevt. U 1991 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutining kunduzgi bölimini tamomlagan. Faoliyati davomida Olot tumani markaziy kasalxonasi kardiolog vraçi, tuman markaziy kasalxonasi tuğruqqa tayyorlaş bölimi mudiri, terapevt vraçi, boş vraçi vazifalarida işlagan.

2004 yildan hozirgaça Xalq deputatlari Olot tuman kengaşining deputati sanaladi.








