Yiğilişda qayd qilinişiça, 2014-yilda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonunga ötgan davrda 20 dan ortiq özgartiriş kiritilgan bölsa-da, uning ayrim normalari bugungi talablarga javob bermay qolgan.

Şu munosabat bilan taqdimotda mazkur qonunni yangi tahrirda qabul qiliş böyiça işlab çiqilgan takliflar körib çiqildi.

Davlat rahbari yangi qonun huquqbuzarlik sodir etilgandan keyin çora körişga asoslangan yondaşuvdan xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va bartaraf etişga qaratilgan proaktiv profilaktika modeliga ötişni taʼminlaşi zarurligini taʼkidladi.

Bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan 14 ta davlat idorasi şuğullanayotgan bölsa-da, ularning vazifalari ayrim hollarda takrorlanmoqda, vakolatlari aniq çegaralanmagan. Taqdimotda profilaktika subyektlari doirasini yana 7 taga kengaytiriş taklif qilindi.

Prezident bu taklifning maqsadga muvofiqligini aniq asoslaş, eng avvalo, har bir idoraning vazifasi, vakolati va javobgarligini belgilaş, ular örtasida samarali hamkorlikni taʼminlaş muhimligini qayd etdi.

Şuningdek, yangi tahrirdagi qonun loyihasida Huquqbuzarliklar profilaktikasi komissiyasining vakolatlarini qonun darajasida belgilaş nazarda tutilmoqda. Bunda davlat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, profilaktika çoralarining samaradorligini baholaş va monitoring qiliş mexanizmlarini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.

Qonun loyihasida ilk bor profilaktikaning yangi yönalişlarini belgilaş, xususan, giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar, kiberjinoyatçilik, uyuşgan jinoyatçilik, yaşirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarşi kuraşişda preventiv çoralarni kuçaytiriş nazarda tutilmoqda.

Qolaversa, ijtimoiy va viktimologik profilaktika mexanizmlarini takomillaştiriş, taʼlim muassasalarini profilaktika tadbirlari bilan keng qamrab oliş, jinoyatdan jabrlangan fuqarolarning xavfsizligi va ijtimoiy himoyasini taʼminlaş böyiça yangi normalar ilgari surildi.

Bunda jinoyatdan jabrlanganlar va guvohlarning hayoti, soğliği hamda mol-mulkiga tahdid yuzaga kelganda ularning xavfsizligi va ijtimoiy himoyasini taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda kömaklaşgan fuqarolarni rağbatlantiriş közda tutilmoqda. Şu bilan birga, huquqbuzarliklarni keltirib çiqaruvçi sabablarni bartaraf etiş yuzasidan majburiy profilaktik körsatma berişning huquqiy asoslarini belgilaş taklif qilinmoqda.