Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6 mart kuni davlat taşrifi bilan Aşxobodga jönab ketdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Taşrif doirasida davlat rahbarlari Özbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir keng kölamli masalalarni muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almaşadilar. 

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti, Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma, şuningdek, turli sohalardagi özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.