Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini taşqi bozorlarga çiqariş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Taşqi savdo vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi va Qişloq xöjaligi vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar Internet tarmoğida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan “TradeUzbekistan.com” elektron savdo maydonçasi işga tuşirilişi belgilanmoqda.
Mazkur savdo maydonçasi Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi va Davlat bojxona qömitasining axborot tizimlari bilan integratsiyalaşgan bölişi belgilanmoqda, şu jumladan:
- meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar, salohiyatli import qiluvçilar, yangi uzilgan, quritilgan hamda qayta işlangan eksportga yönaltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari turlari va hajmlari, meva-sabzavot mahsulotlari uçun köçatlar, uruğlar hamda öğit yetkazib beruvçilar töğrisidagi ma'lumot aks etuvçi;
- eksportga yönaltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining turlari, hajmlari, summasi va yetiştiriş hududlari kesimi töğrisidagi ma'lumotlarni, şuningdek, eksport jarayonining barça bosqiçlarini real vaqt rejimida kuzatiş imkonini beruvçi Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvçilar axborot portalini işlab çiqiladi.











