BMT Inson huquqlari kengaşining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Diyego Garsiya-Sayan Toşkentda mehmon bölib turibdi.
BMT vakili bugun, 25 sentabr kuni Xalqaro press-klubda ham mehmon böldi va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşdi.
Uçraşuv avvalida BMTning Özbekistondagi doimiy vakili vazifasini vaqtinça bajaruvçi Saşa Graumannga söz berildi.
«Bizning taşkilotda inson huquqlarini himoya qiliş bölimi taşkil etilgan. Unda 44 xil turdagi mandatlar bölib, ular turli mamlakatlarga taşrif buyurişadi. Taşrif mobaynida öşa yerdagi vaziyatlar örganiladi. Bundan taşqari, ekspertlar bilan uçraşib turli tadbirlarda qatnaşişadi. Ötgan yili Özbekistonga inson huquqlari Oliy komissar, din işlari böyiça maxsus komissar ham taşrif buyurgandi.
Hurmatli Garsiya-Sayan 18 sentabr kuni Özbekistonga keldi. U turli darajadagi mulozimlar bilan uçraşdi, bu uçraşuvlarda sudyalar, advokatlar mustaqilligi böyiça suhbatlar olib borildi. Şu munosabat bilan Toşkent, Samarqand va Farğonada uçraşuvlar ötkazildi», deya Saşa Graumanning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şundan söng söz maxsus ma'ruzaçiga berildi.
«Özbekiston sudyalar va advokatlarni huquqini himoya qilişda muhim qadamlarni qilişgan. Bu borada ba'zi qiyinçiliklarga ham duç kelingan. Bu borada juda muhim yana ham yordamçi qarorlar va harakatlar amalga oşiriş kerak. Biz davlat taşkilotlari, sud mutasaddilari, mahalliy hokimiyat vakillari, advokatlar, turli nodavlat taşkilotlar va bugun sizlar bilan uçraşib turibmiz. Bugun Özbekiston prezidenti bilan ham juda konstruktiv uçraşuvni amalga oşirdik.

Hukumat bu borada qilayotgan işlarini e'tirof etiş lozim. Ijobiy jihatlar bor. Sudyalar oliy kengaşi, Sudyalar oliy maktabi kabi muassasalar taşkil topgani kabi qadamlar taşlangan. Bu sudyalarning prokurorlardan mustaqil tarzda faoliyat yuritib, asta-sekin oqlov hukmlari ham çiqarilişiga ta'sir etmoqda. 2016 yilda bor-yöği 6ta oqlov hukmi qayd etilgan bölsa, bu yilning özida 500tadan ortiqni taşkil qildi.
Sud qarorlari ommaga berilişi korrupsiyaning oldini oluvçi holatlardan hisoblanadi. Bir masalada turli sudyada turliça qaraş bölsa, bu korrupsiyani keltirib çiqaradi. Bu jarayonlar şaffof tarzda yölga qöyilişi kerak. Şunga qaramay, bir qator masalalar öz yeçimini kutmoqda va ular juda ham muhim. Bulardan eng asosiysi 6tasini sanaş mumkin.







