Yuristlar Ilhom Azizov va Umida Haqnazar Kun.uz uçun yozgan maqolasida tarixga mö’jaz nazar taşlab, qişloq xöjaligining mustamlakaçilik şakliga ta’rif berdi hamda yer islohotining dunyo tajribasidagi namunaviy modellarini sanab ötdi. Mualliflar yer boşqaruvining sotsialistik uslublaridan voz keçişi böyiça Özbekiston oldida turgan vazifalar haqida söz yuritdi.

Yer sayyorasida aholi soni oşgan sari ekin maydonlari qisqarib boryapti, şu bilan birga yer hosildorligini oşiriş uçun xarajat va investitsiyalar tobora ösib boryapti. Ayni paytda, yerga egalik huquqi himoyalanmagan va yerni olib qöyiş tahlikasi saqlanib qolgan holatda, masalan, ijara yoki mulkçilikning mustahkam bölmagan boşqa turidagi şaklida qişloq xöjaligi sektorini moliyalaştiriş qiyin böladi.

Davlat tomonidan qöriqlanadigan va ta’minlanadigan egalik huquqi bölmas ekan, işlab çiqaruvçilardan investitsiyalar kiritiş va yer hosildorligini tiklaş böyiça urinişlarni kutiş özini oqlamaydi. Uşbu oddiy mantiqdan kelib çiqqan holatda, yerga egalik huquqini taqdim etişni har tomonlama rağbatlantiriş lozim, degan xulosaga keliş mumkin.

Mustamlakaçilik davri

Mustamlakaçilar yer ustidan nazorat va arzon işçi kuçi kerakligini yaxşi anglaganlar – dehqonlarga yerga egalik böyiça erkinlik ta’minlanadigan bölsa, ularning özlari fermerlik bilan şuğullanişni afzal köradilar.

Qişloq odamlariga yerga egalik qilişda erkinlik va ularga mustaqil ravişda xöjalik yuritiş imkoniyatini beriş – daromadlarning adolatli tarzda qayta taqsimlanişiga olib kelar, bu esa oxir-oqibat mustamlakaçilarga xizmat qiladigan feodallarning monopoliyasiga va arzon yollanma işçi kuçlari hisobiga maksimal darajada daromad oliş imkoniyatiga barham berardi.

Qayd etiş joiz, bular nafaqat mustamlakaçilik rejimlarga, balki mustamlakaçilikdan qutulgan rivojlanayotgan mamlakatlar tarixiga ham taalluqlidir. Bu mamlakatlarda mahalliy elitalar ekinzorlarni hamda öz manfaatlari yölida iş kuçlarini xuddi mustamlaka bölgan mamlakatlardagi kabi nazorat qilişar va buning oqibatida qişloq joylarida qaşşoqlik va yersizlik yuzaga kelardi.

Mahalliy elitalarning yer resurslari ustidan nazorati muayyan tarixiy amaliyotlarning qöllanişi evaziga ta’minlanadi. Masalan:

  • Hosildor/suğoriladigan yerlarga egalik huquqi faqat hukmron elitalar vakillariga taqdim etiladi, qolganlarga esa faqat unumdorligi past, infratuzilmalari umuman yöq yoki rivojlanmagan çekka hududlardagi yer uçastkalari beriladi.