“Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni (PF-177-son, 27.08.2026) qabul qilindi.

Hujjat bilan, xususiylaştiriş va davlat mulkini ijaraga olişda qöşimça qulaylikliklar yaratilmoqda.

Xususan, davlat aktivlari va qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini sotib olişda avans tölovi 15 foiz miqdorida (bungaça 30 foiz edi) va uni tölaş muddati 30 kalendar kun etib belgilanadi hamda qolgan summani qonunçilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bölib-bölib tölaş imkoniyati beriladi.

Sotib oliş tölovlari BHMning 23 ming baravari (10 mlrd 120 mln söm)dan yuqori bölgan elektron onlayn auksion, tanlov va birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari hamda BHMning 8 ming baravari (3 mlrd 520 mln söm)dan yuqori bölgan qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari böyiça:

  • 100 foiz tölovni olti oy davomida tölagan xaridorga jami summaga nisbatan 25 foiz çegirma qöllaş;
  • 50 foiz tölovni olti oy davomida tölagan xaridorga qolgan summani foizsiz 7 yil davomida bölib-bölib tölaş;
  • 35 foiz tölovni uç oy davomida tölagan xaridorga qolgan summani foizsiz 5 yil davomida bölib-bölib tölaş imkoniyati beriladi;
  • bu imkoniyat muzokaralarga ommaviy ravişda taklif qiliş yöli bilan sotilgan davlat aktivlariga tatbiq etilmaydi.

Davlat aktivlari uçun tölovning kamida 50 foizini tölagan xaridorlarga ularni rekonstruksiya qiliş (yangidan quriş uçun buziş) va taʼmirlaş huquqi beriladi.

Davlat aktivlari oçiq elektron onlayn auksion va birja savdolarida uç oy davomida sotilmaganda ularning boşlanğiç narxi qoldiq (balans) qiymati yoki sof aktivlari miqdoridan qatʼi nazar 10 foizigaça bosqiçma-bosqiç 10 foizdan pasaytiriladi.

Davlat aktivlari ikki oy davomida sotilmaganda, Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ularni lotlarga bölgan yoki birlaştirgan holda qayta savdoga çiqariş vakolati beriladi.