Svetoforlar yöl belgilaridan ustun hisoblanadi. Ma'no jihatidan svetoforlar yöl belgilariga zid bölsa, yöl harakati iştirokçilari svetofor işoralariga böysunadi.

Amaldagi “Yöl harakati qoidalari” 2015 yil 24 dekabrda Vazirlar Mahkamasining 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 2016 yil 1 martdan kuçga kirgan.

Yangi qabul qilingan yöl belgilari va yöl çiziqlari hamda boşqa qoidalarni xalqqa yetkaziş uçun ma'lum muddat kerak bölgan, şu sababdan qoidalar 3 oydan keyin kuçga kirgan, çunki yangi tartib-qoidalarni xalqqa tuşuntiriş uçun vaqt lozim bölgan. 2019 yil 9 aprelda VMning 292-qarori bilan uşbu qoidalarga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.

“Yöl harakati qoidalari” Özbekistonda yöl harakatini tartibga soladigan yagona hujjatdir. Boşqa barça hujjatlar unga asoslangan bölişi, aksinça zid bölmasligi kerak.

Yöl harakatini tartibga soluvçi elementlarning bir-biridan ustunlik taraflari bor.

Agar ular tört darajaga bölinsa, eng quyida yöl çiziqlari turadi. Undan yuqorida yöl belgilari. Bu şuni anglatadiki, yöl çiziqlari ma'no jihatidan yöl belgilariga zid bölib qolganda barça yöl belgilariga amal qilişi kerak.

Svetoforlar yöl belgilaridan ustun hisoblanadi. Ma'no jihatidan svetoforlar yöl belgilariga zid bölsa, yöl harakati iştirokçilari svetofor işoralariga böysunadi. Albatta, bunda barça yöl belgilari nazarda tutilmayapti. Balki, faqat Imtiyoz guruhiga kiruvçi yöl belgilarining ma'nosi bilan zid kelganda, svetofor işorasiga amal qilinadi.

Bularning barçasidan ustunlikka tartibga soluvçi ega hisoblanadi. Agar yöl harakatini tartibga soluvçi boşqarayotgan bölsa, yöl çiziqlari, yöl belgilari va svetofor işoralari yoki mazmunidan qat'i nazar barça tartibga soluvçi buyruğiga böysunişi şart.