Sentyabr oyida maktablar an'anaviy ta'limga qayta boşlagaç, pandemiya şaroiti tufayli öquv yili oxirigaça öquvçilardan qat'iy forma talab etilmasligi belgilangan edi.

Mana bir oydirki, oliy ta'lim muassasalari ham an'anaviy ta'limga qaytdi. Kun.uz muxbiri oliygohlardagi forma masalasida özgariş bor-yöqligi yuzasidan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babaşevga murojaat qildi.

«Forma masalasida oliy ta'lim muassasalari talabalariga erkinlik berilgan. Özi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan birorta oliy ta'lim muassasasining oldiga bunday talab qöyilmagan. Har bir oliy ta'lim muassasasining öz içki tartib-qoidalari bor. Şunga binoan iş körişadi. Lekin bugungi pandemiya şaroitida bunday nazorat olib borilayotgani yöq.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent farmatsevtika institutida dekanat tomonidan forma talab qiliş holatlari muhokama qilindi. Ma'lumki, tibbiyot oliygohlarida oq xalat va boş kiyim oldindan talab qilingan. Bu ularning ixtisosligi bilan boğliq. Boşqa OTMlarda hozirça bunday e'tirozlar kuzatilmadi», – dedi Farhod Babaşev.

Uning qayd etişiça, oliy ta'lim muassasalariga vazirlik tomonidan öqişga kostyum-şim, galstukda keliş kerakligi töğrisida qat'iy talab qöyilmagan.