Toşkent şahridagi quruvçi firmalardan uy uçun şartnoma olib, uzoq muddatga bölib tölaş şarti bilan xaridorlarga «sotib» kelgan  «Credit House» va «In Fin Stroy Invest» MÇJ mansabdorlari minglab fuqarolarning pullarini özlaştirganlikda gumonlanyapti. Kun.uz muxbiri mazkur kompaniyalar bilan şartnoma qilgan fuqarolar bilan boğlanib, işning ayni paytdagi holati, şuningdek takliflari şubhali köringan bu “biznes”ning tepasida kim turganini örgandi. 

«Na uyim, na pulim bor»

«2024 yilning noyabr oyida Instagram’da «Credit House»ning reklamasini körib qiziqib qoldim. Anora degan menejer qiz tinimsiz telefon qildi. Oxiri 20 dekabr kuni ofisiga bordim. Ular ikkilamçi bozordan uy olib berişni va’da qilişdi. 25 ming AQŞ dollarini naqd pulda tölov qildik. Pulni kompaniyaning ofisi joylaşgan binoning 5-qavatidagi kamera yöq, qoronği xonada Şoira ismli kompaniya rahbarlaridan birining körsatmasi bilan bitta erkak sanab oldi. Öşa paytda bizda şubha paydo böldi. Pastga tuşganimizda pul tölandi, degan çek berişdi. Sal ötib, bularning muomalasi özgarib qoldi. Şoira sendan pulni sanab olmaganman, boradigan joyingga bor, deya tahdid qila boşladi. Şundan beri na pulim, na uy bor. Şartnomada 30 foiz tölovni amalga oşirganimizdan keyin, 20 iş kunida uyni olib berişlari kerak edi. Lekin bu şartni bajarişmadi, pulimni ham qaytarib berişmayapti. 15 kunça avval Toşkent şahar IIBBga ariza berdim, hali javob kelmadi», deydi murojaatçi.

Yana bir jabrlanuvçining sözlariga köra, u 31800 dollar miqdoridagi pulni 27 yanvar kuni tölagan.

«20 fevralgaça «Credit House» ikkilamçi bozordan men olmoqçi bölgan uyning egasiga 63 ming dollar berişi kerak edi, ammo tölovni qilişmadi. Keyin uy egasi kelişuvni bekor qildi. Hozir pulimni qaytarib ololmayapman», deydi u.

«Credit House» rahbari Klara Tolipova Kun.uz’ga bergan intervyusida muammoning kelib çiqişiga “firma ikkilamçi bozorga vaqtli ötgani sabab bölgan”ini aytgandi. Aynan ikkilamçi bozordan uy olgan mijozlar bilan boğliq vaziyat ham jiddiy.

Boşqa bir jabrlanuvçi 23 ming dollar pul tölab, uyga ham köçib ötgan. Ammo uyning egasi kelişilgan pul unga tölab berilmagani ortidan «Credit House»ning mijozini bu uydan çiqarib yuborgan.

Tölangan pullar quruvçilarning hisob raqamiga ötmagan

«Credit House»ning yangi qurilayotgan uy-joylar bozoridagi faoliyati böyiça ham savollar va şubhalar yetarli. Xususan, Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan B.T.ning sözlariga köra, u 2024 yilning aprel oyida Yangi Darxon turar joy majmuasidan uy xarid qiliş uçun boşlanğiç 200 mln söm tölagan.