O‘zbekistonlik abituriyentlar diqqatiga! OTM imtihonlaridan o‘ta olmadingizmi? Tushkunlikka tushmang! O‘zingiz orzu qilgan kasb egasi bo‘lish imkoni sizda hali ham mavjud. Ukraina davlati universitetlarida hech qanday qiyinchiliklarsiz talaba bo‘ling va o‘z orzuyingiz sari ilk qadamlarni qo‘ying.
«Inside-A» ta'lim markazi sizga bu borada o‘z xizmatlarini taklif etadi va Ukrainaning quyidagi OTMlariga og‘zaki suhbat asosida (suhbat rus yoki ingliz tilida bo‘ladi) o‘qishga kirish imkoningiz borligini yodga soladi:
- Xarkov milliy aviatsiya universiteti;
- V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti;
- Yaroslav Mudryy nomidagi Xarkov milliy yuridik universiteti;
- Xarkov milliy politexnika universiteti;
- Xarkov milliy tibbiyot universiteti;
- Xarkov milliy aerokosmik universiteti;
- Xarkov milliy shahar xo‘jaligi universiteti.


Ushbu universitetlarning bir nechtasi ta'lim sifati bo‘yicha QS xalqaro reytingida TOP-1000 talikka kiradi va dunyoning eng yaxshi oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanishadi. Ulardan birida tahsil olib, xalqaro diplomni qo‘lga kiritishingiz va mutaxassisligingiz bo‘yicha dunyoning istalgan burchagida faoliyatingizni olib borishingiz mumkin, shuningdek ushbu universitetlar diplomi O‘zbekistonda ham nostrifikatsiya orqali amal qiladi, ya'ni TOP-1000 talikka kirgan universitetlar diplomlari imtihonsiz nostrifikatsiyadan o‘tkaziladi.
Xarkov milliy politexnika universiteti rahbariyati O‘zbekistonga kelib, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat politexnika universiteti bilan yaqindan tanishib, yaqin vaqtda, o‘zaro hamkorlikni va ta'limning yangi turlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi (ta'lim dasturlari va talabalar almashinuvi ko‘zda tutilgan). Shu bilan birga, Yaroslav Mudryy nomidagi Xarkov milliy yuridik universiteti ham Toshkent davlat yuridik universiteti bilan memorandum imzoladi.











