Test sinovlaridan o‘ta olmadingizmi? 

Bu orzularingiz va hayot yo‘lingizning oxiri emas. Sizda hoziroq dunyoning Top-1000taligiga kirgan oliy ta'lim muassasasi talabasi bo‘lish imkoniyati bor. Eng muhimi, hech qanday imtihonsiz talaba bo‘lishingiz mumkin. Bunda sizga «Inside-A» ta'lim markazi yordam beradi. 

Ushbu universitet ta'lim sifati bilan dunyoning eng yaxshi Oliy ta'lim muassasalari 1000 taligi ro‘yxatiga kiritilgan. Unda 40 fakultetdan birida tahsil olib, xalqaro diplomni qo‘lga kiritishingiz va mutaxassisligingiz bo‘yicha duyoning istalgan burchagida faoliyatingizni olib borishingiz mumkin, hatto, ushbu universitet diplomi O‘zbekistonda ham amal qiladi. Yaqindagina mazkur universitet rahbariyati O‘zbekistonga kelib, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat politexnika universiteti bilan memorandum imzoladi.

«Inside-A» ta'lim markazi Ukrainadagi quyidagi OTMlarga imtihonsiz kirish imkoningiz borligini yodga soladi:

1. Xarkov Milliy aviatsiya universiteti

2.V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti

3.Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universiteti

4. Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti

5. Xarkov Milliy politexnika universiteti

6. S.Kuznets nomidagi Xarkov Milliy Iqtisodiyot universiteti

7. Xarkov milliy tibbiyot universiteti

8. Xarkov davlat boshqaruvi akademiyasi 

Xo‘sh, nima uchun aynan Ukraina?

Bu yil O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari talabasi bo‘lish uchun 1,2 million abituriyent hujjat topshirgan. Ularning 102 ming 400 nafari, ya'ni bor-yo‘g‘i 10%i talabalikka qabul qilinadi. Xo‘sh, qolganlar oliy ma'lumotsiz bo‘lib o‘tishi kerakmi yo keyingi yilni kutib, kun sanashi? Siz ikkisini ham o‘zingizga va yaqinlaringizga ravo ko‘rmasligingizga ishonamiz. Imkoniyatlar, orzular esa chegara bilmaydi. Ularni dunyoning istalgan nuqtasidan qidirish mumkin. 

O‘zbekistonda bugun neft va gaz, energetika, texnika, mashinasozlik, muhandislik kabi sohalarda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan kishilar aynan Xarkov Milliy politexnika universitetini tamomlaganlar.