Röyxat tuzuvçilarining qayd etişiça, 2026-yilgi röyxat «bu sohaning jadal rivojlanayotgan holatini aks ettiradi» – unda sohadagi eng yirik kompaniyalar asosçilari va SI tadqiqotçilari bilan bir qatorda, uşbu texnologiyaning u yoki bu jihatlarini faol tanqid qiluvçilar ham bor. Time sunʼiy intellekt sohasidagi eng nufuzli şaxslar röyxatini 2023-yildan beri eʼlon qilib keladi.
Time röyxatdagi barça iştirokçilarni törtta toifaga ajratdi. Birinçi, «yetakçilar» toifasiga, xususan, OpenAI hammuassisi Sem Altman, SpaceX boş direktori Ilon Mask, Anthropic asosçilari Dario va Daniela Amodei, Amazon asosçisi Jeff Bezos kirdi.
Ikkinçi, «innovatorlar» toifasi iştirokçilari orasida amerikalik aktyor, rejissyor va kinoda sunʼiy intellektni qöllaşga möljallangan InterPositive startapining yaratuvçisi Ben Afflek hamda Xitoyning Moonshot AI kompaniyasi asosçisi Yan Çjilin bor.
Uçinçi toifa - «SI sohasini şakllantiruvçilar» (shapers). Bu röyxatdan aktrisa Peris Hilton (dipfeyklarga qarşi kuraşi uçun), amerikalik siyosatçi Berni Sanders (sunʼiy intellektning mehnat bozoriga va umuman jamiyatga salbiy taʼsirini tanqid qilgani uçun), investor va AQŞ prezidentining fan va texnologiyalar böyiça maslahatçilar kengaşi hamraisi Devid Saks örin olgan.
Törtinçi, «mutafakkirlar» toifasiga, jumladan, OpenAI hammuassisi va xavfsiz superintellektni rivojlantirişga qaratilgan Safe Superintelligence startapi yaratuvçisi Ilya Sutskever, sunʼiy intellektni işlab çiqiş va uning inson bilan hamkorligiga yönaltirilgan Thinking Machines startapi asosçisi Mira Murati hamda Nvidia korporatsiyasining barqarorlik böyiça direktori Joş Parker kiritildi.

















