2022 yil kuzida Özbekiston aholisini röyxatga oliş işlariga 150 ming kişi şartnoma asosida jalb etiladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, aholini röyxatga oliş işlariga sarflanadigan mablağ miqdori aholi jon boşiga örtaça 3 AQŞ dollaridan töğri kelişi mumkin. Bu xarajatlar davlat budjetidan qoplanadi.
Bu haqda Davlat statistika qömitasi raisi örinbosari Mahmudjon Ziyodullayev 18 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yalpi majlisida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Yalpi majlisda deputatlar «Aholini röyxatga oliş töğrisida»gi qonun loyihasini birinçi öqişda körib çiqib, ma'qullaşdi.
Deputat Joldasbay Abdijamilovning sözlariga köra, qonun loyihasini işlab çiqişda MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlarining qonunçiligi, xususan, Rossiya, Belarus, Buyuk Britaniya va Litva kabi davlatlar tajribasi örganilgan.
Qonun loyihasi aprel oyida e'lon qilingandi. Ayni jarayonda uylarning ham röyxati tuziladi.
Özbekiston aholisi soni qaçon 40 millionga yetadi? – BMT prognozi







