Köp yillik dasturlar, amalga oşirilayotgan tizimli özgarişlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq bölsagina, yuqori samara beradi, deb yozmoqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi raisi Mavluda Xöjayeva parlament saytida. Quyida uning aholini röyxatga oliş töğrisidagi fikrlari keltiriladi.

Tasavvur qiling, qölingizda Özbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamçi ma'lumotlarni aytiş mumkin. Masalan, Qoraqalpoğistonda qança aholi yaşaydi, Xorazmda bandlik masalasi qay ahvolda, Surxondaryoda neçta ta'lim muassasasi bor, Farğona vodiysida aholi ziçligi qanday va şunga öxşaş boşqa muhim ma'lumotlar. Biroq bunday yuzaki va taxminiy körsatkiçlar bilan bugungi jadal rivojlaniş va islohotlar davrida uzoqni közlab nimanidir reja qiliş qiyin, albatta.

Aksinça, qölimizda har bir hududga doir aniq faktlar bölsa, rejalarimiz ham, amallarimiz ham manzilli va puxta böladi. Oldingidek, dalaning örtasiga hayhotdek kollej qurib qöyiş kabi pala-partiş holatlar uçramaydi. Aynan şuning uçun bizga butun respublikani qamrab oladigan işonçli ma'lumotlar kerak va ular tadrijiy ravişda yangilanib borilişi şart.

Bunday aniq va yaxlit ma'lumotlar esa aholini röyxatga oliş asosida olinadi. Şunga qarab ötmiş va bugun haqida fikr-mulohaza yuritiş hamda kelajakni farazlaş mumkin. Şuningdek, bu aholining yoşi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, oilaviy holati, bandligi va boşqa tavsiflari haqida ma'lumot olişning yagona manbai hamdir.

Mustaqillik davrida biror marta bu jarayon ötkazilmagan

Ma'lumki, BMTning “2020 yilda aholi va uy-joy fondini röyxatga oliş borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga a'zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini röyxatga olişni ötkazişi belgilab qöyilgan. Ayni paytda MDH mamlakatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boşlangan. Jumladan, joriy yilda Ozarboyjon, Belarus va Qozoğistonda, 2020 yilda Tojikiston, Qirğiziston, Armaniston, Rossiya va Ukrainada aholini röyxatga oliş işlari ötkaziladi.

Özbekistonda mustaqillik yillarida hali biror marta bunday hisob-kitob işlari olib borilmagan. Bunday sanoq sönggi bor sobiq ittifoq davrida, aniqroği, 1989 yilda ötkazilgan edi. Holbuki, xalqaro tajribadan ma'lumki, köpgina mamlakatlarda aholini röyxatga oliş tadbiri kamida har ön yilda bir marotaba taşkillaştirilişi an'anaga aylangan. Respublikamizda ham endi ana şunday muhim jarayon yölga qöyiladi. Bu borada davlatimiz rahbarining 2019 yil 5 fevraldagi “Özbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini röyxatga olişni ötkaziş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmoni huquqiy asos bölib xizmat qiladi.