Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Aholini röyxatga oliş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonuni» loyihasi joylaştirildi.

Qonun loyihasiga köra, aholini röyxatga oliş töğrisidagi qonun hujjatlari Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi va uşbu Qonun, uşbu Qonundan kelib çiqqan holda işlab çiqilgan normativ hujjatlar, Özbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi töğrisida»gi Qonuni va boşqa qonun hujjatlaridan iborat.

Aholini röyxatga olişning maqsadi demografik, ijtimoiy va iqtisodiy tavsiflar böyiça rasmiy statistik ma'lumotlarni şakllantiriş hamda uning natijalarini mintaqaviy, milliy va xalqaro miqyosda foydalaniş hisoblanadi.

Aholini röyxatga oliş fuqarolarning şaxsiy hayoti, uy-joy daxlsizligi qonuniy huquqlariga rioya qilgan holda amalga oşiriladi va Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga asoslanadi.

Aholining röyxatga olişni ötkazişning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

ilmiy-uslubiy asoslanganlik;

davriylik;

umumiylik va bir vaqtda ekanlik;

individual röyxatga oliş (şaxsan);

şaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligi;

yakuniy ma'lumotlarning oçiqligi va oliş imkoniyatining mavjudligi;

aholini röyxatga oliş dasturining, şuningdek uni ötkaziş va ma'lumotlarni qayta işlaş uslubining Özbekiston Respublikasining barça hududlari uçun bir xilligi.

Aholini röyxatga oliş jarayonida sörov ötkaziladigan jismoniy şaxslarga quyidagilar kiradi:

qonunning 12-moddasi 4-qismida körsatilgan çet el fuqarolaridan taşqari aholini röyxatga oliş sanasida Özbekiston Respublikasi hududida bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar;

aholini röyxatga oliş sanasida respublika hududi taşqarisida bölgan, lekin Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi Özbekiston Respublikasi fuqarolari.

Respondentlar quyidagi huquqlarga ega: