Singapurda korrupsiya böyiça şov-şuvli iş yakunlandi. Sobiq transport vaziri Subramaniam Isvaran 12 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ötgan hafta Isvaran törtta modda böyiça aybiga iqror böldi. Şundan uçtasi 280 000 dollarlik pora bilan boğliq. Xususan sobiq vazir futbol böyiça Angliya Premer ligasi öyinlari va Londondagi Vest-End teatriga çiptalar, xususiy samolyotda sayohat, Brompton lyuks velosipedi va Singapurdagi Formula 1 Gran-prisiga çipta körinişidagi qimmatbaho sovğalar olgan.

Yana bir ayblov odil sudlovga tösqinlik qiliş bilan boğliq.

Isvaran ötgan yilning iyulida qamoqqa olingandi, söng garov evaziga qöyil yuborildi. Yanvar oyida prokuratura unga poraxörlik va korrupsiya bilan boğliq 27 ta ayblov qöydi. Isvaran iste’foga çiqdi, lekin ayblovlarni rad etdi. Keyinçalik u yirik biznesmen On Ben Sendan pul va mahalliy kompaniya direktoridan sovğa olganini tan oldi.

Prokuratura uni olti oydan yetti oygaça ozodlikdan mahrum qilişni talab qildi. Sud esa qattiqroq hukm çiqardi.

13 yil Vazirlar Mahkamasi a’zosi bölgan Isvaran bilan boğliq hodisa öz hukumatini korrupsiyadan xoli deb hisoblaydigan Singapurni larzaga soldi. Şahar-davlat muntazam ravişda dunyodagi eng kam korrupsiyalaşgan mamlakatlar öntaligidan joy olib keladi. Şuningdek, u Osiyodagi korrupsiyasiz davlatlar qatorida yetakçi örinni egallaydi.

Isvaran yarim asr içida poraxörlik aybi bilan tergovga tortilgan birinçi vazir böldi. Bundan oldingi öxşaş holat 1986 yilda yuz bergandi: öşanda milliy taraqqiyot vaziri Tex Çean Van korrupsiyada gumonlangan. Biroq unga rasman ayblov qöyişga ulgurişmagan, çunki u öz joniga qasd qilgandi.