Qoraqalpoğistonda yangi gaz-kondensat koni oçildi
Möynoq tumanida yangi Qoratau gaz-kondensat koni oçildi, deb xabar berdi «Özbekneftgaz».
Ustyurt hududining markaziy qismida joylaşgan Qoratau maydonida olib borilgan geologiya-qidiruv işlari natijasida quyi yura qatlamlarida sanoat ahamiyatiga ega tabiiy gaz hajmi aniqlangan. Maydondagi 1-sonli izlov quduği 4860 metr çuqurlikkaça burğilangan. Sinov işlari davomida quyi yura qatlamlarining 3273-3213 metr çuqurlik oraliğidan sanoat ahamiyatiga ega tabiiy gaz va kondensat oqimi olingan.
Rejaga köra, 2026-yil oxiriga qadar Qoratau maydonida 2-son izlov quduğini burğilaşni yakunlaş, şuningdek, 3- va 4-son izlov-qidiruv quduqlarida burğilaş işlarini boşlaş rejalaştirilgan.
Qarşida soliqçilar aholining 122 mln sömini özlaştirganlikda gumon qilinmoqda
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qarşi şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda soliq tölovçilarning mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Departament maʼlumotiga köra, Qarşi şahar soliq inspeksiyasi davlat soliq boş inspektorlari M.A., Ş.T. va boşqalar 97 nafar fuqarodan göyoki soliq qarzdorligini söndiriş maqsadida jami 122,6 mln söm olgan.
Biroq mablağlar soliq tölovçilarning şaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinmasdan, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj etilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozir tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Ğor turizmi rivojlantiriladi: 10 ta manzil tanlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan speleoturizmni - ğorlarga sayohat qilişga asoslangan turizm yönalişini rivojlantiriş çoralari belgilandi.
Qarorga köra, tanlangan obyektlarda zamonaviy turistik infratuzilmani şakllantiriş va sayyohlar oqimini oşiriş işlari 2026–2028-yillarda bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.











