Bugun, 4 mart kuni BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi vakolatxonasida biznes vakillari iştirokida “Umidani çaqiring” pilot loyihasining taqdimoti bölib ötdi. Loyiha – köçada ta’qib va şilqimlikka uçragan xotin-qizlarga vaqtinçalik xavfsiz boşpana berişga imkon beruvçi norasmiy mexanizmga aylanişi maqsad qilingan.

“Köçadagi şilqimlik – bu köça-köyda, savdo markazlarida, jamoat transportida va boşqa şu kabi odamlar bilan gavjum joylardagi tegajoğlik, şahvatli imo-işoralar, huştakbozlik, ta’qib qiliş, şilqimlik kabi harakatlar. Bu global illat bölib, undan butun dunyo ayol-qizlari aziyat çekmoqda. Fransiya, Niderlandiya, Filippin va Tojikiston kabi ayrim mamlakatlarda bunday xatti-harakatlar qonun bilan taqiqlangan. Boşqa köplab mamlakatlarda esa ijtimoiy mas’uliyatga asoslangan norasmiy himoya mexanizmlarini yaratiş böyiça jamoatçilik taşabbuslari mavjud.

Köpinça, ta’qibçining ketişini kutib turiş uçun vaqtinçalik boşpana topiş yoki yölida davom etiş uçun hamroh çaqiriş imkoniyatiga ega böliş köçadagi şilqimlik muammosini hal qilişga yordam berişi mumkin”, deya ta’kidlandi tadbirda.

“Umidani çaqiring” loyihasi qanday işlaydi?

Bu loyiha xususiy sektor bilan hamkorlikda işlaydi. Hozirça Özbekistondagi maşhur brendlar: Korzinka.uz supermarketlar tarmoği, Testo by Zamira & Co., YaponaMama, Caravan Group restoranlar tarmoği, Steam Bar, Turka Saray, GroundZero kovorking markazlari, CyberArena kompyuter klubi, Asklepiy Group dorixonalar tarmoği, TEAMS universiteti, IT Park bu loyihaga qöşilgan.

Loyihaning maxsus stikerlari yuqoridagi tadbirkorlik sub’yektlarining binolariga yopiştirib çiqiladi va bu ta’qibga uçragan qizlar şu yerda özlarini xavfsiz his qilişlari mumkinligini anglatadi.

Loyihaning alohida veb-sayti ham işlab çiqilgan, unda köça bezoriligiga duç kelgan qizlar xavfsiz bölişi mumkin bölgan manzillar xaritasi körsatilgan, qanday qilib loyihadan foydalaniş mumkinligi tuşuntirilgan.

Tasavvur qiling, sizga köçada şilqimlik qilişdi

Loyiha stikeri yopiştirilgan lokatsiyalardan biriga yoki CallUmida.uz saytidagi lokatsiyalardan eng yaqiniga murojaat qilinadi.

Bu lokatsiyadagi qöriqlaş xodimlari yoki istalgan boşqa xodimdan yordam söraş mumkin. Maxfiylik kerak bölgan holatlarda “Umidani çaqiring” sirli jumlasidan foydalaniladi. Xodim köça ta’qibiga uçragan qizni xavfsiz joyga olib ötişi, qöşimça çiqiş yöli orqali çiqarib yuborişi, huquqni muhofaza qiliş xodimlarini yoki yaqinlarini çaqirişda yordam berişi mumkin.