2020 yil boşidan buyon işsizlikning milliy darajasi 9,1 foizdan 13,2 foizgaça kötarildi, bunda eng yuqori daraja ayollar orasida (17,4 foiz) va yoşlar orasida (20,1 foiz) kuzatildi va bunday holat butun dunyoga xos.
Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida istiqomat qiluvçi Gulnora Boboyeva kabi ayollarni karantin çoralari zörğa kun keçirişga majbur qildi. Uning özi qisqaça ta'rif berganidek, «oylik maoş yetmas edi».
Tumandagi köpgina ayollar kabi Gulnora BMT Taraqqiyot dasturi hamda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi yordamida, şuningdek, Kanadaning mahalliy taşabbuslar jamğarmasining moliyaviy kömagi hisobiga yangi korxona oçib, uşbu vaziyatdan çiqiş uçun qat'iy bel boğladi.

Rejalaştirilgan korxona – gözallik salonini taşkil qiliş uçun zaruriy könikmalar unda bor edi, lekin asbob-uskunalar va mablağlar mavjud emas edi, ularni esa BMT TD va Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi taqdim etişi mumkin edi. U mijozlarni jalb qiliş uçun zarur bölgan barça vositalarni oldi, şu jumladan, soç oldiriş va yuviş uçun kursilar, közguli stollar, qöl va oyoq tirnoqlarini oliş uçun tagliklar, şuningdek, kerakli barça kasbiy asboblar.
Gulnora Boboyeva ham, öz navbatida, olingan tajribasi bilan ulaşa boşladi, u öz korxonasini boşqa ayollarni öqitiş uçun manzilga aylantirdi, bu ayollar keyinçalik öz korxonalarini oçişi mumkin böladi. Salon pandemiya davrida işsiz qolgan yana uç nafar malakali usta sartaroşlarni işga oldi va ular ham boşqa xodimlarni şogirdlikka olib, kasbga örgatişdi.
«Uşbu malakali ayollar sartaroşlari doimiy işga ega bölişdi va endilikda yana ikki nafar şogirdni öqitişmoqda, mazkur şogirdlar ham kelajakda mehnat faoliyatini yuritib, doimiy daromadga ega bölişadi», deydi Gulnora Boboyeva.
U öz saloni pandemiyadan söng paydo böladigan talabdan foydalaniş uçun yaxşi imkoniyatlarga ega bölgani sababli yaxşi kunlar yaqin orada kelişiga umid qiladi.
«Avvallari ayollarimiz bu yerdan 15 çaqirim uzoqlikda joylaşgan şaharga borişlariga töğri kelardi. Bundan taşqari, şaharda narxlar qimmatroq, yangi salonimizda esa biz barça istovçilar uçun arzon narxlarni belgiladik. Endi ayollar uzoq masofaga borişga va har safar qimmat narx tölaşga majbur emaslar», deydi u.
Tadbirkorlik uçun asos yaratiş








