Dunyoda öta qaşşoqlikda yaşayotgan odamlar soni BMT hisob-kitob yurita boşlagan 2010-yildan beri ilk bor oşib, 1,2 milliard kişiga yetdi. Bu oldingi hisob-kitobdagiga qaraganda 51,5 million nafarga köpdir. Bunday maʼlumotlar BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Oksford universiteti tomonidan tayyorlangan 2026-yilgi Global kambağallik indeksida keltirilgan. Kambağallarning yarmidan köproğini (617 million) bolalar taşkil etadi, ularning 83 foizi qişloq joylarda yaşaydi.

Indeksda kambağallik daromadga qarab emas, balki inson hayotida nimalar yetişmayotganiga - töğri ovqatlaniş, taʼlim, tibbiy xizmat, toza suv, elektr energiyasi, munosib uy-joy mavjudligiga qarab baholanadi. Uşbu neʼmatlarning salmoqli qismidan mahrum bölganlar kambağal hisoblanadi.

Tadqiqot sayyora aholisining 78 foizi istiqomat qiladigan 108 ta rivojlanayotgan davlatni qamrab olgan. Bu ösiş qisman aholi sonining köpayişi bilan ham boğliq: yangi maʼlumotlar mavjud bölmagan 95 ta mamlakatda aholi ösişi kambağallar sonini yana 15,8 million nafarga oşirdi.

BMTTD rahbari Aleksandr De Kroo şunday dedi:

«Kambağallikning ortişi butun dunyo uçun xavotirli signal bölişi kerak. Bu raqamlar ortida özaro bir-birini kuçaytiruvçi omillarga - oçlik, taʼlim, toza içimlik suvi yoki elektr energiyasi yöqligiga duç kelayotgan 1,2 milliard inson turibdi».

Baholaş körsatkiçlari yangilangan 13 ta mamlakatdagi vaziyat turliça. Misr, Nepal va Tojikistonda kambağallarning uluşi ham, soni ham kamaygan bölsa, Angola va Zambiyada uluşi qisqargan, biroq aholi soni ösgani sababli ularning mutlaq soni baribir oşgan. Nigeriyada 2010-yillardagi kambağallikning pasayişi 2020-yillarda yana ösiş bilan almaşdi. Xitoy esa hammadan tez surʼatlarda rivojlandi: 2010-yildan 2014-yilgaça mamlakat aholisi orasida kambağallar uluşi 9,5 foizdan 4,2 foizgaça qisqardi.

2025-yil dekabr oyida BMT 2026-yil uçun gumanitar yordam sörovini 2025-yilda söralgan 47 milliard dollardan 23 milliard dollargaça qisqartirdi, deb xabar bergan edi Reuters agentligi. Taşkilot maʼlumotlariga köra, 2025-yilda u sönggi ön yildagi eng past körsatkiç - bor-yöği 12 milliard dollar mablağ olgan. Uşbu qisqariş, jumladan, Donald Tramp taşabbusi bilan AQŞ xalqaro yordami kamaytirilgani tufayli ham yuz berdi.