Heç öylab körganmisiz, hayotimizdagi oddiy misollar ba’zida murakkab masalalarda yeçimni topib beradi. Masalan, qişda sovuqqotganda issiq çoy içib körpa yopinib tanamizni isitamiz. Çoy içimizni isitganda körpa bu issiqlik taşqariga çiqib ketişining oldini oladi va tana isiydi.
Issiqlik izolyatsiyasi – bu mavsum va iqlimga qarab issiqlik ötkazuvçanligini kamaytiriş uçun binoni maxsus izolyatsion materiallar bilan içki yoki taşqi tomondan qoplaş hisoblanadi. Bu materiallar uyning pol qismi, devorlari, şifti, tomi, eşik-romlar atrofiga qoplanadi. Bu materiallarni töğri tanlaş va örnatiş uyning yozda salqin, qişda esa issiq saqlanişini ta’minlaydi. Izolyatsion materiallarni körpa deb tasavvur qilsak, uy içidagi isitiş texnologiyalarini issiq çoy örnida qabul qilişimiz mumkin. Va şu issiqlik izolyatsiyasi orqali uydagi mö’tadil haroratni saqlaşning imkoni bor, ustiga ustak uy içidagi isitiş xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirgan holda yuqori samarali isitişga ega böliş mumkin.
Samarali issiqlik izolyatsiyalovçi materialni va uning qalinligini töğri tanlaş strukturaning issiqlik qarşiligini oşiradi va uyingizning issiqlik yöqotilişini kamaytiradi. Masalan, birinçi uy uçun 50 mm izolyatsiya qalinligi va ikkinçi uy uçun 150 mm izolyatsiya qalinligi bölgan ikkita bir xil uyni soliştirganda, 150 mm izolyatsiyali uy uçun yillik isitiş sarf-xarajatlari 50 mm izolyatsiya qilingan uyga nisbatan 2 baravar kamroq böladi.
Issiqlik izolyatsiyasi mahsulotlari orqali energiyani tejaş va mablağni qisqartiriş mumkin. Bu mahsulotlar binolarning devorlari, tomlari va pollari orasiga örnatilganida, issiqlik yöqotişini kamaytiradi va bu bino içidagi haroratni uzoq vaqt barqaror uşlab turişga yordam beradi. Natijada, isitiş va sovitiş tizimlari kamroq energiya sarflaydi, bu esa energiya xarajatlarini keskin pasaytiradi. Issiqlik izolyatsiyasi örnatiş boşlanğiç sarmoya talab etsa-da, uzoq muddatda katta iqtisodiy foyda keltiradi.
“Hozir qurilayotgan imoratlar asosan taşqi tomondan issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplanyapti. Xona içidagi 20-30% issiqlik tom qismidan çiqib ketadi. 15-20%i esa deraza-eşiklardan çiqib ketadi. Poldan ham 10-15% issiqlik çiqib ketadi. Şuning uçun asosiy kuçni lömboz qismiga beriş kerak. Toşkentning Eski şahar qismida qurilgan imoratlarni örganganimizda asosan tösinlarning ustiga 30-40-50 santimetrli qamiş bosilgan. Keyin tuproq bosilib, tomi yopilgan. Öşa paytda bundan boşqa resurs bölmagan, lekin qamiş va tuproq bosimi harorat muvozanatini saqlaşda yaxşi natija bergan. Öşa şaroitda ota-bobolarimiz konditsionersiz mö’tadil haroratni yaratişgan”, deydi mutaxassis Şerzod Mahmudov.







