“Taşqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga soliş va avtotransport vositalarining içki bozorini rivojlantirişni rağbatlantirişga doir çora-tadbirlar töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boşlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kişini taşişga möljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk taşişga möljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar böyiça transport vositalarini olib kirişda amalda bölgan aksiz soliği stavkalari bekor qilinadi.
Autostrada saytining yozişiça, çetdan olib kiriladigan yengil avtomobillar uçun aksiz soliğining bekor qilinişi import avtomobil narxini kamida 2400 dollarga va undan ham köproqqa arzonlaşişiga sabab böladi.
Xorijda işlab çiqarilgan avtomobillar uçun bojxona stavkalari
Özbekiston jismoniy şaxs-rezidentlari tomonidan yengil avtomobillar importiga boj tölovlari stavkalari. Boj bojxona qiymatidan foizlarda yoki dvigatel hajmining har bir kub santimetri uçun AQŞ dollarida hisoblanadi.
Agar avtomobil erkin savdo hududi töğrisida şartnoma imzolangan mamlakatda (Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va MDHdagi boşqa mamlakatlar) işlab çiqarilgan bölsa, avtomobilning işlab çiqarilganligi ST-1 sertifikati bilan tasdiqlangan bölsa, boj tölovi olinmaydi.

Özbekistonga olib kiriladigan import avtomobillar uçun aksiz soliği
Özbekistonga jismoniy şaxslar tomonidan olib kiriladigan yengil avtomobillar uçun aksiz soliği stavkalari.
Rossiya, Qozoğiston yoki Ukrainada işlab çiqarilgan va olib kirilgan avtomobillar uçun avtomobil qiymatining 2 foizi miqdorida imtiyozli aksiz soliği solinadi.
Benzin dvigatelli yangi avtomobillar uçun aksiz soliği stavkalari














