Muzokaralar çoğida qişloq xöjaligi yönalişidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş, sohaning turli tarmoqlarida hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan qöşma çora-tadbirlar muhokama qilindi.

"Qişloq xöjaligi sohasi hozirgi kunda ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning lokomotivi hisoblanadi. Özaro tovar ayirboşlaşning taxminan 70 foizi meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlariga töğri keladi", - dedi vazir Rana Tanvir Husayn.

Özaro aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş, mavjud salohiyatni töliq işga soliş uçun Özbekiston bilan hamkorlikning istiqbolli yönalişlariga töxtalib ötildi. Xususan, uruğçilik va seleksiya, ösimliklar himoyasi va karantini, ularni radiatsion usulda tozalaş, yuqori mahsuldor çorva zotlarni yaratiş, qişloq xöjaligi texnikasini birgalikda işlab çiqariş körsatib ötildi.

Ikki davlat bozorlarida mahsulotlar sonini oşiriş, xalqlar farovonligini yanada yaxşilaş maqsadida özaro meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş jarayonini soddalaştiriş, fitosanitariya ruxsatnomalarini rasmiylaştiriş va bojxona jarayonlarini optimallaştirişning dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi.

Qişloq xöjaligi yönalişidagi hamkorlikni tizimlaştiriş va körib çiqilgan taşabbuslarni amalga oşiriş maqsadida keng qamrovli "yöl xaritasi"ni işlab çiqiş, agrar texnikalar böyiça sanoat kooperatsiyasini yölga qöyiş, sohaviy qöşma işçi guruhni taşkil etişga kelişib olindi.