Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Oçiq budjet” axborot portalida “Mening yölim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga 17 apreldan start berilganini ma’lum qildi.

“Mening yölim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uçun 312 mlrd sömdan ortiq mablağlar ajratilişi belgilangan.

Loyiha doirasida taklif kiritiş jarayoni joriy yilning 27 aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uçun ovoz beriş jarayonlari 28 apreldan 7 may kuniga qadar ötkaziladi.

Loyihada taklif qoldiriş uçun nima qiliş kerak?

  • Oçiq budjet portaliga kiring;
  • Öng tomondagi “Kiriş” tugmasini bosgan holda şaxsiy kabinetingizga kiring;
  • “Qöşiş” tugmasini bosib, “Mening yölim” bölimini tanlang;
  • Taklif qoldirmoqçi bölgan viloyatingiz, tuman/şahar, MFY va köçani tanlang;
  • Bunda siz taklif kiritilayotgan yölning fotosuratini ham yuklaşingiz mumkin;
  • “Qöşiş” tugmasini bosing.

Bu borada Iqtisodiyot va moliya vazirligi videoqöllanma e’lon qildi.

“Mening yölim” loyihasi tuman (şahar) budjetlarida hududiy içki yöllarni ta’mirlaş uçun rejalaştirilgan mablağlarning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yönaltirilişini ta’minlaş maqsadida taşkil etilgan. 

Eslatib ötamiz, Prezident qaroriga muvofiq, 2023 yilda aholi fikri asosida moliyalaştiriladigan loyihalarga mablağ miqdori keskin oşirilib, 8 trln sömga yetgandi. Şu jumladan, “Mening yölim” loyihasi uçun ham mablağlar ötgan yilga nisbatan 2 barobarga oşirildi.

Avvalroq, 2023 yil 1-mavsumida iştirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz töplagan, lekin ğolib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oşiriş uçun qöşimça 1,3 trln söm mablağ ajratilişi ma’lum qilingandi