«Bizda bir so‘m pul bo‘lmasdi» - Shavkat Mirziyoyev hokim bo‘lgan vaqtlarini esladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish, ulardan samarali foydalanish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Selektor davomida prezident hokim bo‘lgan vaqtlarini esladi.
«Bizda 20 yil eksport yo‘q edi. Faqat gaz bilan paxta bor edi. Hozir biz yangi bosqichga ko‘tarilyapmiz. Biz raqobatga tayyor bo‘lishimiz kerak. Chegarani yopib qo‘yaverib qashshoq bo‘lib yuraverdik. Tanamizda qonimiz qolmadi. Biz eksportni rivojlantirishimiz kerak.
Eksportni kichik-kichik korxonalardan boshlash kerak. O‘sha kichiklar yig‘ilib katta bo‘ladi. Masalan ko‘katni 12 oy sotish mumkin (Qashqadaryo hokimi Zafar Ro‘ziyev rossiyalik investorlar ko‘kat eksport qilmoqchi ekanligi haqida gapirdi). Yerni undan unumli foydalanmoqchi bo‘layotganlarga berish kerak.
Mana, sizlarga mahalliylashtirish bo‘yicha ham yordamchi beryapmiz, pul beryapmiz. Men ham hokim bo‘lganman, bizda bir so‘m ham pul bo‘lmasdi», - deb prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2003 yil bosh vazir bo‘lishidan avval ikki yil Samarqand viloyat hokimi bo‘lib ishlagan. Mirziyoyev Samarqanddan oldin Jizzax viloyati va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ham hokim bo‘lib ishlagan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Jahon | 17:24
-
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Jahon | 17:17
-
Ijobiy va konstruktiv: Eron va AQShning Tramp davridagi ilk muzokaralari qanday o‘tdi?
Jahon | 16:43
-
Tojikistonda yuz bergan zilzila oqibatida 17 ta uy va bitta maktab qisman vayron bo‘ldi
Jahon | 15:43
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

13:16 / 07.02.2025